Ko'rishlar soni: 195 

Oliy ta’lim muassasalari abiturientlardan har yilning 20-iyun kunidan 20-iyul kunigacha turli ta’lim yo’nalishlariga hujjatlarni qabul qilishadi.

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • Fuqarolik pasporti asli;

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 15-iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Abiturient hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi. Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.

Abituriyent Davlat xizmatlari markazlari yoki oliy ta’lim muassasalari orqali hujjat topshirganda soʻrovnoma toʻldiradi va quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:

  • pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma);
  • maktabni, kollejni yoki litseyni tugatganlik toʻgʻrisidagi hujjat (ilovasi bilan);
  • imtiyozga ega boʻlganlar imtiyozni tasdiqlovchi hujjat.

Abituriyent bir vaqtda, oʻqitishning bir shakli doirasida 5 tagacha OTMni tanlashi mumkin.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha abituriyentlarning doimiy roʻyxatda turgan joyidan qatʼi nazar qabul qilinadi.

Boshqa oliy oʻquv yurtlariga hujjatlar oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.