Ko'rishlar soni: 2,292 

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi

2017 yil 20 aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalarni ijro etish va oliy ta’lim tizimida samaradorlikka erishish maqsadida 2017 yilning 18 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 515-sonli qarori qabul qilindi va Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi.

Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasining barcha oliy ta’lim muassasalarida 2017 yilning dekabr oyida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari o‘z faoliyatini boshladi.

2017 yil 21 dekabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tavsiyasiga binoan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Qalekeev Quanыshbay Jartыbaevich mazkur bo‘limning boshlig‘i qilib tayinlandi. SHuningdek, O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-son qarori 14-bandiga muvofiq Orazov Abdiqadir Yusupovich va Dauletmuratova Mexribanu Bektileuovna bo‘limning bosh mutaxassislari qilib tayinlandi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2017 yil 30 dekabrdagi 50-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Respublika oliy ta’lim muassasalari tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risida»ga namunaviy Nizom, tegishli tartibda tasdiqlangan ish rejasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 26 dekabrdagi 941-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasi» asosida olib boradi. Bo‘limning asosiy vazifalari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali talabalarining egallagan bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va filialni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir qilgan omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni filial direktori va Davlat inspeksiyasiga taqdim etishdan iborat.