Inson ongi uchun kurashning yangi shakllari
Insoniyat tarixiga nazar soladigan bolsak qora kuchlarning moddiy boyliklar, siyosiy hokimiyat va boshqa manfaatlar uchun har davrda oziga xos tarzda kurashi kechganligiga guvoh bolamiz. Bu kurashlar dastlab qabilalar ortasida, keyinchalik esa davlatlar ortasidagi urushlarga olib keldi. XX asrga kelib insonning xohish istagi ozining yangi bosqichiga otib, global darajaga kotarilib, butun jahon davlatlarini oz domiga tortgan va millionlab kishilarning umriga zomin bolgan I va II Jahon urushlarining yuzaga kelishiga sabab boldi.

Bugungi kunga kelib, ozining kurash turlari va uslublarini takomillashtirib geosiyosiy oyinlarni davom ettirayotgan qabih niyatli kimsalar endi biror-bir davlatni bosib olib, uning tabiiy boyliklariga erishish uchun avalgidek millionlab mablag sarflamasdan, qurol yarog ishlatib hujum qilayotgani yoq. Balki, osha mamlakatning fuqorolari ongini zaharlab, ularni manaviyati, tarixi va ozligidan ayirib, ularni manqurtga aylantirish orqali oz maqsadlariga yetishni kozlamoqdalar. Shu sababli ham XXI asrni inson ongi uchun kurash asri deb atasak mubolaga bolmaydi. Insonni boshqa maxluqlardan ajratib turuvchi ongini egallashga qaratilgan harakatlar turli xil korinishlarda namoyon bolmoqda. Chunki, ongini ogirlatgan insonni hoxlagan kuyga solish mumkin. Bu kabilarni esa dono xalqimiz manqurt deb hisoblab kelgan.

Hozir esa insonni manqurtga aylantirishning bir necha xil yangi korinish va usulublari yaratilgan bolib, ular allaqachon oz samarasini bera boshladi. Inson ongi uchun kurash uslublarining takomillashishi kurash maydonlarining ham ozgarishiga olib keldi. Endi avvalgidek biror-bir davlat hududida emas balki, OAV ning insonga nisbatan tasir kuchidan foydalanib, mafkuraviy poligonlar yaratildi va kibrterrorizmga asos solindi.

Internet insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunga kelib dunyo aholisining deyarli 35% (2 milliard 400 milliondan ortiq) qismi internetga ulanish imkoniga ega. Mutaxassislar tomonidan 2020 yilga borib bu korsatkich 50%ni tashkil etishi aytib otilmoqda.

Mutaxassislarning tadqiqotlari natijasiga kora hozirda internet tarmogidagi malumotlarning 70-75 %i inson uchun zarar keltiruvchi goyalar hisoblanadi. Afsuski bu nisbat yil sayin ortib bormoqda.
Yangi poligonlarda inson ongini egallash uchun jang qilayotgan buzgunchi goyalar qatoriga diniy-ekstremizm, terrorizm, missionerlik, ommaviy madaniyat va turli axborot xurujlarini kiritishimiz mumkin. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida dunyo siyosatchilari orasida dunyoni kim boshqaradi? degan savolga Kim temir yolga egalik qilsa, osha degan javob berilar edi. Bugun esa bu savolga Kim axborotga egalik qilsa, osha deb javob bersak mubolaga bolmaydi.

Dastlab siyosiy xokimiyat vakillarini yoq qilish yoki tinch aholi orasida vahima chiqarish maqsadida tashkil qilingan terrorizm ham vaqt otishi bilan oz korinishi ozgartirib, dinni niqob qilish orqali global darajaga kotarildi va butun jahonni tashvishga solmoqda. Albatta, bu kabi tashkilotlar siyosatdagi uchinchi qol vakillari tomonidan tashkil qilinayotgan geosiyosiy oyinlarda oz rolini ijro etayotgan bir qogirchoqdir. Insonni junbushga keltirishning eng samarali yoli bu uning etiqodiga tasir qilishdir. Shu sababli ham bugungi kunda dunyoda 800 yuzdan ortiq dinni niqob qilib olgan turli diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunga kelib, turli buzgunchi kuchlar inson ongini egallab, ulardan ozlarining turli garazlari yolida OAV va internet orqali tasir etish orqali foydalanib kelishmoqda. Mutaxassislarning fikricha, hozirda ekstremizmning turli korinishlarini ozida tashuvchi goyalar targiboti bilan shugullanuvchi 100 mingdan ortiq saytlar faoliyat olib bormoqda.
Misol uchun, hozirda internet tarmogida jahonda yuz berayotgan turli noxush hodisalar, kelajak haqidagi noxush tahlillarni berish orqali shaxs ongiga tasir qilib, unga bu dunyo adolatsizlik va zulmga tola, unda yashashdan mano yoq, bundan qutulishning yagona yoli - olim degan goyani singdirish orqali ozini-ozi nobud qilish, bundan ham dahshatlirogi ozgalarni ham bu zolim dunyodan qutqarish shiori ostida boshqa odamlarning ham hayotiga zomin bolish kabi oqibatlarga sabab bolayotgan minglab saytlar faoliyat olib bormoqda. Malum kuchlar tomonidan muayyan maqsadlarga erishish yolida tashkil etilgan mazkur saytlarning aksar tasiri hozircha individualizm goyalari hukmron bolgan jamiyatlarda insoniy qadriyatlar, oila instituti, ozganing dardi bilan yashash, jamoa manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan ustun qoyish kabi ezgu qadriyatlarning yoqolib borishi bilan izohlash mumkin.

Diny-ekstremistik tashkilotlar qatorida missionerlik bilan shugullanuvchi turli sektalar ham inson ongini egallashda internet tarmogidan foylanib kelmoqda. Ular ozlarini korinishidan beozor, insonlarga yordam berishni oldiga maqsad qilib qoygandek korsatsalarda, bu buzgunchilarning asl maqsadi butunlay boshqacha.

Internet va OAVda missionerlik faoliyatini amalga oshiruvchi sayt va kanallar ham kopchilikni tashkil qiladi. Ayniqsa suniy yoldosh orqali efirga uzatiladigan minglab kanallarda toxtovsiz ravishda missionerlik va prozelitizm faoliyati olib borilmoqda. Bu kabilar qatoriga CNL, Church Channel, TBN va God TV kabi protenstantlik yonalishidagi kanallarni kiritib otishimiz mumkin.

Shuningdek bugungi kunda, insoniylikka butunlay zid, yovuzlikka asoslangan shaytoniy sektalar faoliyati ham jadallashmoqda.
Bu kabi sektalar qatoriga 1966 yilda Anton Lavey tomonidan asos solingan Shayton cherkovi (Church of Satan) tashkilotini misol qilib keltirish mumkin. Mazkur shaytonparastlarning rasmiy saytlari va unga ergashuvchi turli guruhlarning internet sahifalari orqali har qanday din va ezgu goyalarga qarshi qaratilgan yovuzlik, zoravonlikni targib qiluvchi, shaytonga siginishga chorlovchi talimotlar berilmoqda. Ayollarni zorlash, pornografik materiallarni korish va tarqatish, rok musiqalari orqali jazavaga tushish, ommaviy zino qilish kabi insoniyatni tubanlikka olib boruvchi bu kabi ishlar tashkilot azolarining kundalik marosimlari va ibodatlari hisoblanadi. Maxfiy ravishda uyushtiriladigan maxsus yigilishlarda esa odam oldirish va bokira qizlarni zorlash orqali shaytonga yaqinlik hosil qilishga intilishadi. Shunisi ajablanarliki, bu kabi vahshiyona qabihliklar bilan shugullanuvchi tashkilotlarning demokratiya libosi ostida din sifatida qabul qilinib, royxatga olinishi bazi ozini butunjahon inson huquqlari himoyachisi sifatida korsayotgan davlatlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shuni alohida takidlash joizki, hozirda turli guruh va oqimlar tomonidan diniy ekstremizm va aqidaparastlikni targib qilishda, jamiyatda norozilik kayfiyatini tarqatishda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanilmoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalik kabi goyalarni notogri talqin qilib, ularni turli toqnashuv va nizo ochoqlariga jalb qilinmoqda. Turli kuchlarning nogorasiga oynayotgan diniy ekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni otab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini kor korona qonun deb biluvchi zombi jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun kopchilikka ayon haqiqatdir.

Internet tarmogining chegara bilmasligi, suniy yoldosh orqali efirga uzatiladigan fazoviy kanallarga tosiq qoyishning iloji yoqligini hisobga oladigan bolsak, hozirgi kunda bu kabi buzgunchi goyalardan aholini, xususan yoshlarni asrash uchun ularda bu kabi yot goyalarga qarshi manaviy immunitet hosil qilish, internet va OAV orqali mazkur guruhlarga asosli raddiyalar berish, sof diniy talimotlarni yoshlarga yetkazish, ularni xalqparvarlik, vatanparvarlik, sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanligi yaqqol namoyon boladi.

Yoshlarni muqaddas diniy talimotlarimiz va qadiriyatlarimiz, ota-onaga hurmat, xalq dardi bilan yashash, oilani muqaddas deb bilish, kelajakka umid kozi bilan boqish kabi ezgu tushunchalar ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi desak mubolaga bolmaydi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda barchamiz oz burchimizni his etishimiz, ogoh bolishimiz, Vatanimizning kelajagi uchun masul ekanimizni unutmasligimiz lozim.


Manba: http://religions.uz/uzb/news/inson_ongi_uchun_kurashning_yangi_shakllari.mgr
Sana: 15.02.2016, 15:58