Yoshlarda virtual diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari
Yoshlarda virtual diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari

Toshkent islom universiteti
Informatika va axborot texnologiyalari
kafedrasi oqituvchisi
Alimjon Dadamuhamedov


Tobora shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunni ilgor texnologiyalarsiz tasavvur etish ota mushkul. Ular hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. World Wide Web butunjahon orgimchak tori deb ataladigan Internetning imkoniyatlari, bugungi taraqqiyotning tezligiga tezlik, kuchiga kuch bagishlayotgani, insoniyat intellektiga bemisl hissa qoshayotgani isbot talab qilmaydigan haqiqat. Hozirgi kunda Uzbekistonda tashqi kanalning internet tezligi 11 GB ga etdi. Bu esa juda quvonarli holdir. "Ozbektelekom" AK Yaponiyaning NEC korporatsiyasi hamda Toyota Tsusho savdo uyi bilan hamkorlikda sekundiga 100 Gbit malumot otkazish imkoniyatiga ega bolgan DWDM (Tolqin uzunligi boyicha malumot uzatish kanallarini zichlashtirish) aloqa tarmog'ini ishga tushirdi. Oramizda ana shu buyuk ixtironing imkoniyatlaridan bahramand bolmagan inson topilmasa kerak.

Shu orinda ijtimoiy tarmoqlarning Garb siyosatshunoslari Katta Yaqin Sharq deb ataydigan hududda roy bergan voqelardagi orni haqida toxtalish lozim. Facebook, Twitter, OK va boshqa ijtimoiy tarmoqlari haqida bormoqda. Tahlilchilar Katta Yaqin Sharqdagi voqealarda ushbu manbalarning ahamiyatini turlicha baholamoqda. Ayrimlar namoyishlarda mazkur tarmoqlar eng asosiy vazifani bajardi, desa, qolganlar bu voqealarning ortida katta siyosiy manfaatlar yotgani, Facebook va Twitter esa bunda korimsiz qol vazifasini otab berganini takidlayotir.

Qayd etish kerakki, terrorchilikka qarshi kurashda fikriy inqilobga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Inchunin, terrorchilar oz oldilarida paydo bolayotgan har qanday imkoniyatdan foydalanib qolishga, xususan, zamonaviy texnologiyalardan unumli istefoda etishga urinayotgan bir vaqtda ularga qarshi eng zamonaviy uslublarda, aqlni ishlatgan holda kurashish lozim.

Xosh, tobora maxfiy, kengroq maydonda faoliyat olib borishga intilayotgan mutaassiblarning zamonaviy texnologiyalar, xususan, Internetdan foydalanishining boisi nima? Bunga bir qator omillarni keltirish mumkin. Jumladan:

Internetga oson kirish;

uning etarli darajada tartibga solinmagani;

cheksiz auditoriya;

Internet maydonidagi faoliyatning maxfiyligi;

malumotni etkazishdagi tezlik;

matn, tasvir va ovoz uygunligidagi axborotni joylash kabi qulayliklar terrorchilarni oziga jalb etmay qolmaydi.

SHuningdek, terrorchilarning Internetdan quyida keltiriladigan 6 maqsadda foydalanishlarini urgulaydi:

1. Psixologik kurash. Bunda terrorchilar Internetdan aholi orasida qorquv va vahima keltirib chiqarish, oz goyalariga ergashmaganlarni yoki ularga qarshi chiqqanlarni taqib etish, ruhiy tasir etish va harakatsizlikka chaqirish maqsadida foydalanadilar. Masalan, terrorchilik tashkilotlari rasmiylari ozlariga tegishli Internet saytlari orqali chiqishlari chogida muayyan mamlakat yoki xalqaro tashkilotlarning qarorlarini toxtatishni talab etadilar. Aks holda, yangi terrorchilik harakatlari sodir etish bilan tahdid qiladilar.

2. Targibot-tashviqot. Internetning ommalashuvi terrorchilar uchun oz faoliyatlari va goyaviy tashviqotlarini aholi orasida keng targib etishga katta qulayliklar yaratadi. Televidenie, radio va bosma nashrlarda malumotlarni tahririy saralash hisobiga bu kabi imkoniyatlar aytarlik darajada yoq.

3. Xayriya jamgarish. Koplab terrorchilik tashkilotlari oz faoliyatining moddiy asosini Internet orqali taminlashga harakat qiladi. Bunda veb-sahifalar, chatlar va forumlarga ushbu tashkilotlarga aloqador bank hisob raqamlari joylashtiriladi va jihodiy faoliyatni qollab-quvvatlashga qattiq targib etiladi. Masalan, Hizb ut-tahrir ekstremistik tashkiloti Evropadan to Afrikadagi mamlakatlargacha ehson qilish niyatidagi shaxslarga nemis tilidagi veb-sahifa orqali moliyaviy komak berishni soraydi. YAna bir holat, 2004 yilda AQSHning Aydaxo shtati sudi talaba Sami Umar Husaynni Internet orqali terrorchilik tashkilotlariga moddiy komak uyushtirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortgan.

4. Yangi azolarni jalb qilish. Avval aytib otganimizdek, bugungi kunda terrorchilik tashkilotlari yangi azolarni oz saflariga jalb etish maqsadida Internetga alohida etibor qaratmoqda. Ovoz, tasvir va matn uygunligi mutaassiblar uchun ayni muddaodir. Ular bunday imkoniyatdan oz sozlarini keng jamoatchilikka baralla aytib qolishda foydalanadi. Yangi azoni jalb qilishda qollaniladigan uslub bu ekstremistik tashkilotlarga taalluqli veb sahifalarga kop kiradigan Internet foydalanuvchini kuzatish, organish va oxir-oqibat u bilan aloqaga kirishish. Shuningdek, mutaassiblar chatlar va forumlarda otkir munozarali masalalarni on-layn muhokama etadilar va ozlariga oxshash fikrlaydiganlarni saralab, ular bilan aloqa ornatadilar. Qayd etish kerakki, bunday jarayonlarning qurbonlari kop hollarda yoshlar bolib qolmoqda.

5. Ozaro aloqani taminlash. Ekstremistik tashkilotlar Internetdan nafaqat oz safdoshlari, balki boshqa shu kabi tashkilotlarning azolari bilan ham xabarlar almashish va malumotlarni etkazishda faol foydalanadilar.

6. Oquv-malaka oshirish. Terrorchilar dunyoning turli nuqtalarida taqib ostiga olingani bois, biror mamlakatda oz azolariga qoporuvchilik, buzgunchilik amaliyotlarini oshkora orgatolmaydi. Taqib tobora kuchayib borayotgan bugungi kunda Internet ularga ayni qol kelmoqda. Ular global tarmoq orqali qolbola bombani yasash, ozini-ozi oldirish, koproq qurbonlar keltirish uslublarini muttasil orgatib boradilar. Qollanmalar video, audio va kitob shaklida Internetga joylashtiriladi. Misol uchun, Al-Qoida tashkiloti oz safdoshlariga moljallangan 1000 betdan oshiq Jihod ensiklopediyasini Internet orqali tarqatgan.

Albatta, bunga kimdir ishonib, kimdir ishonmasligi mumkin. Biroq ozbeklarni yoldan ozdirib, ular ortasida ozaro nizo tugdirib, davlatimizning, jamiyatimizning, xalqimizning birligiga hamda totuvligiga rahna solishni niyat qilganlar ozlarining bunday xatti-harakatlarini ochiq-oydin amalga oshirayotganliklari bor haqiqat. Bunday missionerlik harakatiga hatto ommaviy axborot vositalarini ham jalb qilmoqdalar. Ular Internet saytlaridagi buzgunchilik chiqishlari bilan chegaralanib qolayotganlari yoq.

Malumki, XX asr koplab olamshumul ixtirolar, yangiliklar davri boldi. Birgina kompyuter texnikasi sohasini olaylik. U paydo bolishidan oldin odamzod barcha hisob-kitoblarni miyasida, hisob chotlari orqali amalga oshirar edi. Asrlar otib, malumotlarning turi, hajmi kopayishi tufayli, avval hisoblash mashinasi, song kompyuterlar ixtiro etildi. Aslida, osha kompyuter bajaradigan barcha ishlar inson fitratida mavjud bolgani uchun ham shunday boldi. Keling, yaxshisi, kishining miyasi bajargan bir kunlik funksiyani tahlil etaylik: u ish paytida yoki boshqalar bilan muomalada yoxud oqish jarayonida miyasida necha yuz minglab faylni ochib, necha yuz mingtasini yopadi. Shuni hech oylab korganmisiz?!

Internetdagi ekstremizm masalasi boyicha ekspert Erin Soltmanning fikricha, ISHID olib borayotgan targibot yangi XXI asr mahsulidir. Har safar jangarilar tomonidan yangi videolavha chiqarilganida avvalgisidan farq qilib bormoqda. Jangarilar ozlari tayyorlagan mahsulot xalqaro jamoatchilikka qanday tasir etganini kuzatib, shunga yarasha ish tutmoqdalar. Etibor bilan qaralsa, jangarilar tarqatgan songgi videolavhalarda odam soyish tasvirlari yoq. Chunki ular bu vahshiy tasvirlarni xalqaro OAV ularning ziddiga foydalanayotganini tushunib etdilar. SHunday bolsada, jangarilarning qurbonlari aks etgan tasvirlardan targibot maqsadida hali-hanuz foydalanilmoqda.

Yuqoridagi manzara bir tarafdan muqaddas islom dini nomidan insoniylikmezonlariga butkul yot bolgan jinoiy qilmishlarni sodir etayotgan, shu orqali bir yarimmilliarddan ziyod dunyo musulmonlarining shani, qadr-qimmati toptalishiga sabab bolayotgan, tinch va osuda hayotiga tajovuz tugdirayotgan jangarilarning professional ish uslubidan hikoya qilsa, boshqa tarafdan, munkar ishni korganda qoli, tili bilan qaytarishi, hech bolmasa, dili bilan nafratlanishi lozim bolgan chinakam etiqod namoyondalarining bugungi ish rejasini belgilab beradi.
Sana: 15.02.2016, 16:02