Hujjatlar to'plami
Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

• ta’lim yo`nalishi, o`qitish tili va shakli ko`rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo`qligi hamda test sinovlarini o`tkazish qoidalari va javoblar varag`ini to`g`ri to`ldirish bilan tanishganligi ko`rsatiladi);

• o`rta yoki o`rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning aslini;

• 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani;

• pasporti nusxasini;

• 3,5x4,5 sm (pasportdagi kabi) hajmdagi 6 ta fotosuratni;

• xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g`oliblariga o`qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning aslini;

• muddatli harbiy xizmatni o`tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo`lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.

Abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko`rsatadi.

Abiturient hujjatlarining to`liqligi tekshirilgandan so`ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilish rad etilmaydi.

Abiturientga hujjatlari qabul qilinganligi to`g`risida tilxat beriladi.
Sana: 15.02.2016, 18:56
Tizimga kirish

Moodle

Tavsiya etilgan saytlar
Kalendar
«    Сентябрь 2018    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930