Shartnoma to'lovi miqdori
O'zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-sonli bayoniga ilovada 2018/19 o'quv yilidan boshlab respublika oliy ta`lim muassalarida ta`lim yo'nalishlari bo'yicha bir nafar talabani to'lov-kontrakt shaklida bir yillik o'qitish qiymati miqdorlari keltirilgan.

Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati ma`lumotiga ko'ra, endilikda oliy ta`lim muassasalaridagi to'lov-kontrakt narxlari eng kam oylik ish haqiga bog'langan bo'ladi, EKIH oshgan sari to'lov-kontrakt narxi ham oshadi.

Shu yilning 15 iyulidan boshlab prezident farmoniga ko'ra byudjyet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, penciyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o'rta hisobda 7 foizga oshiriladi. Endilikda O'zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi oyiga 184 300 so'mni tashkil qiladi.

1 sentabrdan to'lov-kontraktning yangi narxlari



BAKALAVR

1.
- Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta`lim;
- Gumanitar fanlar;
- Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar;
- Sotsiologiya va psixologiya;
- Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari;
- Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi, qishloq xo'jaligida menejment, qishloq xo'jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya;
- Ijtimoiy ta`minot;
- Sport faoliyati;
- Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi yo'nalishlarida to'lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 45 baravariga teng 8 mln 293 ming 500 so'm (ilgari 6 mln 650 ming).

2.
- Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o'zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti;
- Jurnalistika va axborot;
- Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari;
- Arxitektura va qurilish;
- Xizmat ko'rsatish sohasi;
- Transport yo'nalishlarida to'lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 46 baravariga teng 8 mln 477 ming 800 so'm (ilgari 7 mln 250 ming).

3.
- San`at;
- Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish yo'nalishlarida to'lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 50 baravariga teng 9 mln 215 ming so'm (ilgari 7 mln 900 ming).

4.
- Iqtisod;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment;
- Sog'liqni saqlash yo'nalishlarida to'lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 55 baravariga teng 10 mln 136 ming so'm (ilgari 8 mln 800 ming).

5.
- Jahon siyosati;
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
- Huquq yo'nalishlarida to'lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 60 baravariga teng 11 mln 58 ming so'm (ilgari 9 mln 850 ming).
Sana: 15.02.2016, 19:08
Tizimga kirish

Moodle

Tavsiya etilgan saytlar
Kalendar
«     2018    »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930