Filialga qabul
Hujjatlar to'plami

Abiturient talim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

- talim yonalishi, oqitish tili va shakli korsatilgan holdagi ariza;
- orta yoki orta maxsus malumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086/U-shakldagi tibbiy malumotnoma;
- fuqarolik pasporti nusxasi;
- 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
- papka () 2 dona, konvert 2 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi
haqidagi hujjatini shaxsan korsatadi.
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa goliblari oqishga tanlovsiz kirish
huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni otagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bolgan abiturientlar
tegishli tavsiyanomani talim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etishlari
shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Abiturient hujjatlarining toliqligi tekshirilgandan song web kamera orqali suratga tushiriladi va
hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi.
Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan
abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi
va qabul qilinganligi togrisida tilxat beriladi.
Sana: 17.02.2016, 12:51




Tavsiya etilgan saytlar
Kalendar
«     2018    »
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930