INFORMATSIYON TEXNOLOGIYALAR BO'LIMI
Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat instituti Axborot texnologiyalari markazi faoliyati


Axborot texnologiyalar markazi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 maydagi 230-sonli 2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini taminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari togrisida qaroriga muvofiq, universitet Ilmiy kengashi qarori hamda universitet rektorining 2001 yil 22 sentyabrdagi 01-475 buyrugi asosida Hisoblash markazi negizida tashkil etilgan.

Axborot texnologiyalar markazining (ATM) tasarrufida mamuriy-boshqaruv, dasturiy va texnik qollab quvvatlash, veb-sayt, ZiyoNet, Askid,dasurini moddiy qo'llab quvatlash, moddiy-texnik bolim va 1 ta kompyuter sinfi faoliyat olib boradi. Markazning asosiy vazifasi institut oquv va mamuriy boshqaruv jarayoniga axborotkommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish boyicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.

ATM quyidagi yonalishlarda faoliyat olib boradi:


1. Kompyuter texnika vositalarini dasturiy va texnik qollab quvvatlash. 2013 yilda universitet boyicha kompyuterlar soni 25 tani tashkil etdi. 1 ta kompyuter sinfida foydalanilayotgan kompyuterlar soni 10 ta. Bu xonada barcha yonalishlar va mutaxassisliklar boyicha bakalavriat, magistrant talabalariga amaliy mashgulotlar olib boriladi. ATM xodimlari kompyuter xonalarining dasturiy va texnik taminoti, kundalik nazoratini olib borishadi, muntazam ravishda universitetdagi barcha kompyuterlarning dasturiy taminotini normal ishlashini nazorat qilishadi (operatsion tizimlarni ornatish, antivirus va boshqa zarur dasturlarni ornatish) va joriy texnik tamirlashlarni amalga oshirishadi (kompyuter ehtiyot qismlarini almashtirish, printerlarni siyoh bilan toldirish va hokazo).

2. Oliy va orta maxsus talim vazirligining Milliy elektron talim tarmogini yaratish loyihasi boyicha yaratilgan dasturga institut xodimlari haqidagi malumotlar kiritilmoqda, endilikda talabalar malumotlari fakultet dekanatlari tomonidan kiritilishi rejalashtirilgan. Ichki nazorat uchun - Job Flow Control elektron malumot almashinuvi dasturidan foydalanilmoqda. Bu tizimga institut rahbariyatidan 8 ta foydalanuvchi ulangan, barcha topshiriqlar elektron tarzda amalga oshirilmoqda.

3. Elektron kutubxona ishini tashkil etish. 2008 yildan boshlab Institut axborot resurs markazida (ARM) Elektron kutubxona oz ish faoliyatini boshlagan. Barcha kompyuterlarga respublikamizning etakchi talim muassasalarida chop etilgan, hamda institutimiz professor-oqituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy oquv qollanmalar, tajribali professor-oqituvchilarning darsliklari, fanlar boyicha maruza matnlari, monografiya, avtoreferat va dissertatsiyalarning elektron variantlari joylashtirilgan. Elektron kutubxona dasturi bazasiga muntazam elektron kitoblarni kiritish ishlari olib borilyapti. Elektron kutubxona xodimlari axborot texnologiyalardan foydalanish boyicha malakalarini oshirib borishmoqda. Kutubxonalar uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy taminot KARMAT dasturi axborot resurs markazining barcha bolimlariga ornatilgan va ARM da mavjud bolgan kitoblarning elektron katalogi kiritilmoqda.

4. Internet va Filial sayti. Oquv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligi UzNET filiali, Ozbektelekom AK Biznesni rivojlantirish markazi filiali bilan Internet xizmati, oliy talim muassasalararo optik tolali tarmoq orqali videokonferentsiyalar otkazish, ZiyoNET axborot-talim tarmogidan foydalanish, VPN aloqa xizmatlari boyicha, Kompyuterlashtitish Markazi kompaniyasi bilan domen xizmati boyicha, UZINFOCOM DUK bilan xosting xizmati boyicha ozaro hamkorlik aloqalari ornatilgan. Shu munosabat bilan 2013 yul yakunida institut yangi dizayndagi veb-sayti yaratildi va hozirgi kungacha kerakli malumotlar bilan toliqtirilib borilmoqda.Institut tarmogi 2 Mbit/s tezlik bilan Internetga ulangan. Institut bolimlari, resurs markaz zallari, dekanatlar va kafedralardagi 20 dan ortiq kompyuterlar internet tarmogiga ulangan. SHu kompyuterlar orqali royxatdan otgan 200 dan ortiq foydalanuvchi internetdan oquv jarayoni va ilmiy tadqiqotlar uchun malumotlar olishmoqda.
Sana: 05.04.2016, 04:30