O'zbekiston yoshlar ittioqi
ÓZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING USTAVI
I BOB. UMUMIY QOIDALAR



1.1. Ózbekiston yoshlar ittifoqi (keyingi órinlarda Ittifoq deb yuritiladi) jismonan soǵlom, mánan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va ommaviy madaniyatning zararli tásiridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama kómaklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, Ózbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Ittifoq muqaddam Ózbekiston Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati nomi bilan 2012 yil 1 iyun kuni qayta róyxatdan ótkazilgan va unga 653p-sonli guvohnoma berilgan.
Ittifoq Ózbekiston Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining barcha huquq va majburiyati bóyicha huquqiy voris hisoblanadi.

1.2. Ittifoq óz faoliyatini Ózbekiston Respublikasi Konstituciyasi, Ózbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari tóǵrisidagi, Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari tóǵrisidagi, Yoshlarga oid davlat siyosati tóǵrisidagi qonunlari va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Ustavga muvofiq yuritadi.

1.3. Ittifoq óz faoliyatini ixtiyoriylik, qonuniylik, oshkoralik, ázolar (ishtirokchilar)ning teng huquqliligi va ózini ózi boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiradi.

1.4. Ittifoq davlat róyxatidan ótkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bóladi va unda mol-mulkka ega bólish huquqi mavjud bólib, óz majburiyatlari bóyicha ana shu mol-mulk bilan javob beradi, óz nomidan mulkka oid yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bólishi va amalga oshirishi, majburiyatlarni óz zimmasiga olishi, sudda dávogar yoki javobgar bóla olishi mumkin. Ittifoq davlat tilida ózining tóliq rasmiy nomi tushirilgan yumaloq muhr, shtamp, blanklar hamda Ózbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat róyxatidan ótgan óz ramziga ega bóladi.

1.5. Ittifoq ázolari Ittifoq majburiyatlari bóyicha javob bermaydi, óz navbatida Ittifoq ham óz ázolarining majburiyatlari bóyicha javob bermaydi.

1.6. Ittifoq qonun hujjatlariga muvofiq Ózbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs maqomiga ega bólgan, mazkur Ustav va hududiy tarkibiy tuzilmalar tóǵrisidagi Nizomga asosan faoliyat yurituvchi alohida bólinmalarni, yáni Ittifoqning Qoraqalpoǵiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bólinmalarini (keyingi órinlarda hududiy kengashlarni) hamda Ittifoqning shahar va tuman mahalliy bólinmalarini (keyingi órinlarda mahalliy kengashlarni) tashkil etish huquqiga ega.

1.7. Ittifoqning doimiy faoliyat kórsatuvchi rahbar organi joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy kóchasi, 11-uy.

1.8. Ittifoq óz faoliyatini Ózbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradi.

1.9. Ittifoqning tóliq nomi:
davlat tilida kirill yozuvida қ;
davlat tilida lotin yozuvida O`zbekiston yoshlar ittifoqi;
rus tilida ;
ingliz tilida Uzbekistan Youth Union.
II BOB. ITTIFOQNING MAQSAD VA VAZIFALARI



2.1. Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, Ózbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni táminlash, yigit-qizlarning mánaviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini róyobga chiqarishga kómaklashishdan iborat.

2.2. Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
barkamol, mustaqil fikrlaydigan, ózining hayotiy poziciyasi va qatiy etiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib órin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bólishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni mánaviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy ǵurur va ózlikni anglash, róy berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyǵularini shakllantirish;
yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bólgan intilishini qóllab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
istedodli yoshlarni qóllab-quvvatlash, ular óz ijodiy va intellektual salohiyatini róyobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar órtasida soǵlom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuǵullanishga keng jalb qilish;
yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzǵunchi tashkilotlar tásiridan, chetdan ommaviy madaniyat niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy tásir va tahdidlardan asrash, yoshlar órtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga kómaklashish va boshqalar.
2.3. Yuqorida sanab ótilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Ittifoq óz faoliyatining turli yónalishlari bóyicha tegishli chora-tadbirlar Dasturini qabul qilishi mumkin.
III BOB. ITTIFOQNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


3.1. Ittifoqning huquqlari quyidagilardan iborat:
jamiyat hayotining turli masalalari bóyicha tashabbus kórsatish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda órnatilgan tartibda ishtirok etish;
óz faoliyatiga doir málumotlarni tarqatish;
belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarini tásis etish, noshirlik va matbaa faoliyatlari bilan shuǵullanish;
Ustavda kórsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida tadbirkorlik subektlarini tashkil qilish;
óz ramziy belgilarini tásis etish;
óz faoliyati masalalari bóyicha yiǵilishlar, majlislar, tadbirlar, anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlarini ótkazish;
qonun hujjatlariga binoan respublika hududida ózining hududiy tuzilmalarini ochish.
Ittifoq qonunchilikda kózda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bólishi mumkin.
3.2. Ittifoqning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
óz mol-mulki va pul mablaǵlaridan foydalanish tóǵrisidagi málumotlar ochiqligini táminlash;
nodavlat notijorat tashkilotini róyxatga oluvchi organga ózi ótkazayotgan tadbirlarda qatnashish imkonini berish;
róyxatga oluvchi, soliq va statistika organlariga óz faoliyati tóǵrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim etish.
Ittifoq zimmasida qonun hujjatlarida kózda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bólishi mumkin.
IV BOB. ITTIFOQQA ÁZOLIK



4.1. Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Ustavda belgilangan tartibda ázo bólish mumkin.
4.2. Ittifoqning maqsadini qóllab-quvvatlash istagini bildirgan,
14 yoshga tólgan va 30 yoshdan oshmagan Ózbekiston Respublikasining fuqarolari va Ózbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bólmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning ázosi bólishi mumkin.
4.3. Ittifoqning jismoniy shaxs bólgan ázosi Ittifoqning rahbar organlariga saylangan taqdirda unga nisbatan ushbu Ustavning 4.2. bandida kózda tutilgan yoshga oid cheklov qóllanilmaydi.
4.4. Jismoniy shaxslarni Ittifoqqa ázolikka qabul qilish va chiqish Ittifoq boshlanǵich tashkilotining Umumiy yiǵilishi tomonidan, shuningdek boshlanǵich tashkilot Kengashining yiǵilishi (boshlanǵich tashkilotda Kengash shakllantirilgan taqdirda) tomonidan amalga oshiriladi.
4.5. Jismoniy shaxslarni Boshlanǵich tashkilot tegishli rahbar organining ázolikka qabul qilish va chiqish tóǵrisidagi qarori yakuniy hisoblanadi va Ittifoqning yuqori organlari tomonidan tasdiqlanishi talab qilinmaydi.
4.6. Yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda tásis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bólmagan boshqa yuridik shaxslar Ittifoqqa ázo bólishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar Ittifoqqa ázolikka qabul qilinishi uchun tegishli mazmundagi arizani taqdim etadilar.
4.7. Yuridik shaxslar Ittifoq ázoligiga Ittifoqning mahalliy yoki hududiy kengashlari yiǵilishi qarori asosida qabul qilinadi va chiqariladi.
4.8. Jismoniy shaxslarning Ittifoqqa ázoligi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Ittifoq ázosi arizasiga kóra;
Ittifoq ázosining yoshi 30 yoshdan oshgach (Ittifoqning saylanadigan organlariga saylangan shaxslar bundan istisno);
Ittifoq ázosi tomonidan ushbu Ustavga va Ózbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bólgan xatti-harakatlarga yól qóyilganda;
Ittifoqning faoliyati tugatilganda.
4.9. Jismoniy shaxslarni Ittifoq ázoligidan chiqarish tóǵrisidagi qaror boshlanǵich tashkilotning Umumiy yiǵilishi yoki boshlanǵich tashkilot Kengashi tomonidan qabul qilinadi.
4.10. Ittifoq ázolari quyidagi huquqlarga ega:
umumiy yiǵilishlar, konferensiyalar, Qurultoy, Ittifoqning rahbar organlari yiǵilishlari va Ittifoqning bosma davriy nashrlarida masalalarni muhokama qilish choǵida óz fikrini erkin ifoda etish;
shaxsan yoki óz vakili orqali Ittifoqning saylanadigan organlari qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ittifoqning saylanadigan rahbar organlari va nazorat-taftish organlariga saylash va saylanish;
Ittifoq organlari faoliyati tóǵrisida málumotlar olish, ózlariga taalluqli bólgan masalalarni muhokama qilishda Ittifoq organlari faoliyatida ishtirok etish va fikr bildirish;
Ittifoq faoliyatida Ustav va Dastur doirasida ishtirok etish, Ittifoqning har qanday rahbar organiga ariza va takliflar bilan murojaat etish.
4.11. Ittifoq ázolarining asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Ittifoqning Ustav maqsadlarini amalga oshirishda qatnashish;
yoshlar órtasida va jamiyatda Ittifoqning tásiri va nufuzini oshirish;
Ittifoq rahbar organlari, boshlanǵich tashkilotlarning umumiy yiǵilishlari, shuningdek Kengashi yiǵilishlari qarorlarini bajarish;
Ittifoqning boshlanǵich tashkiloti faoliyatida faol qatnashish.
V BOB. ITTIFOQ TUZILMASI, RAHBAR ORGANLARI VA ULARNING VAKOLATLARI


5.1. Ittifoqning rahbar organlariga quyidagilar kiradi:
Qurultoy;
Markaziy Kengash;
Markaziy Kengash Ijroiya qómitasi;
Markaziy nazorat-taftish komissiyasi.
5.2. Qurultoy Ittifoqning oliy rahbar organi hisoblanadi. Markaziy Kengash va Markaziy nazorat-taftish komissiyasi hisobotlarini tinglash, ular bóyicha qarorlar qabul qilish maqsadida hisobot Qurultoyi bir yilda kamida bir marta, mazkur Ustavda belgilangan boshqa vakolatlari yuzasidan vakolatli Qurultoy besh yilda kamida bir marta chaqiriladi. Qurultoyni chaqirish tóǵrisidagi qaror Markaziy Kengash yiǵilishi tomonidan qabul qilinadi. Qurultoyni chaqirish tóǵrisidagi qaror Markaziy Kengash ázolarining kamida uchdan ikki qismi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Uni chaqirish tóǵrisidagi qaror va kun tartibi Qurultoydan kamida ikki hafta oldin elon qilinadi.
5.3. Qurultoyning navbatdan tashqari majlisi Markaziy Kengash yiǵilishining qarori, shuningdek, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tomonidan yoki Ittifoq ázolar sonining kamida ón foizi talabiga kóra chaqirilishi mumkin.
5.4. Qurultoy Ittifoq faoliyatiga daxldor bólgan barcha masalalarni kórib chiqish va ular bóyicha tegishli qarorlarni qabul qilish huquqiga ega.
Qurultoy vakolatiga quyidagilar kiradi:
Ittifoqning yangi tahrirdagi Ustavi va Dasturini tasdiqlash, ularga ózgartish va qóshimchalar kiritish;
Ittifoqni qayta tashkil etish va faoliyatini tugatish tóǵrisida qaror qabul qilish;
Markaziy Kengash va Markaziy nazorat-taftish komissiyasi hisobotlarini tinglash, ular bóyicha qarorlar qabul qilish;
Markaziy Kengash va Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibini saylash;
Markaziy Kengash raisi, uning órinbosarlari va Markaziy nazorat-taftish komissiyasi raisini saylash.
Ustavga ózgartish va qóshimchalar kiritish, Ittifoqni qayta tashkil etish va faoliyatini tugatish bóyicha qarorlar ular uchun Qurultoy delegatlarining uchdan ikki qismi ovoz berganda qabul qilingan deb hisoblanadi. Boshqa masalalar bóyicha qarorlar ular uchun Qurultoy delegatlarining kópchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi.
Qurultoy uning ishida saylangan delegatlarning uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda, qaror qabul qilishga vakolatli deb hisoblanadi.
Qurultoy delegatlari hududiy Kengashlar konferensiyalarida saylanadi. Qurultoyga saylanadigan delegatlarning vakillik normasi, saylash tartibi, Qurultoy kun tartibi va uning ótkazilish sanasi Markaziy Kengash yiǵilishi tomonidan belgilanadi.
5.5. Markaziy Kengash Qurultoylar oraliǵida Ittifoqning rahbar organi hisoblanadi va oltmish bir kishidan kam bólmagan tarkibda 5 yil muddatga saylanadi.
5.5.1. Markaziy Kengash tarkibiga egallab turgan lavozimlariga muvofiq Markaziy Kengash raisi, uning órinbosarlari, Markaziy Kengash apparati moliya-iqtisod boshqarmasi boshliǵi, tashkiliy-kadrlar bólimi mudiri, Yoshlar muammolarini órganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti rektori, Turkiston va Molodej Uzbekistana gazetalari bosh muharriri, Ózbekiston milliy teleradiokompaniyasi Yoshlar teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori va hududiy kengashlarning raislari kiradi.
Markaziy Kengash tarkibi turli sohalarda, jumladan, tálim, fan, madaniyat va sańat, ommaviy axborot vositalari, ishlab chiqarish va xizmat kórsatish, tadbirkorlik va fermerlik, sport, soǵliqni saqlash va ekologiya sohalarida, Qurolli kuchlar, huquq-tartibot organlari va boshqa turli tashkilotlarda band bólgan yoshlarni óz ichiga qamrab oluvchi yoshlarning turli toifalari hisobidan shakllantirilishi lozim. Shuningdek, Markaziy Kengash tarkibiga Ittifoqning hamkor tashkilotlari vakillari hamda katta tajribaga ega bólgan shaxslar kiritilishi mumkin.
Markaziy Kengash tarkibiga har bir hududdan (Qoraqalpoǵiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) yoshlarning kamida ikki nafar vakili kiritilishi lozim.
5.5.2. Markaziy Kengash:
Qurultoy qarorlarining bajarilishi, dasturiy maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi, Ittifoq Ustavi talablariga rioya etilishini táminlaydi;
yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish uchun tashkilot nomidan faoliyat yuritadi;
Markaziy Kengash Ijroiya qómitasi tarkibini saylaydi va uning ázolari vakolatlarini muddatidan avval tugatadi;
Markaziy Kengash raisi, uning órinbosarlarining yarim yillik va yil yakunlariga doir hisobotlarini tinglaydi, ular órtasida ishlar yónalishlarini taqsimlaydi, vakolatlarini muddatidan oldin tugatadi;
Ittifoq faoliyatining ustuvor yónalishlari bóyicha komissiyalarni va ishchi guruhlarni tuzadi, vaqti-vaqti bilan ularning hisobotlarini tinglaydi, yakunlarga tayangan holda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
Markaziy Kengashning yillik ish rejasini tasdiqlaydi hamda uning bajarilishi haqidagi hisobotni tinglaydi va hisobot yakunlariga tayangan holda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
Ittifoqning umumlashtirilgan byudjetini, Markaziy apparat byudjetini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi haqidagi hisobotni tinglaydi va hisobot yakunlariga tayangan holda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
Ittifoq Markaziy apparati, hududiy hamda mahalliy kengashlar, Ittifoq tomonidan tashkil qilingan tadbirkorlik tuzilmalari, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, yuridik shaxs maqomiga ega bólgan boshlanǵich tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasini va shtat birliklarini tasdiqlaydi, xodimlarning mehnatiga haq tólash va mukofotlash tartibini, shaklini va miqdorini belgilaydi;
Ittifoqning ichki meyoriy hujjatlarini tasdiqlaydi;
Markaziy Kengash vakolatiga kiruvchi bázi vazifalarni Ijroiya qómitasi ixtiyoriga havola etish haqida qarorlar qabul qiladi;
Qurultoylar oraliǵida zimmasiga yuklatilgan vakolat va majburiyatlarni bajara olmagan Markaziy Kengash raisi va uning órinbosarlarini lavozimdan ozod qiladi va navbatdagi Qurultoyga qadar Markaziy Kengash raisi va uning órinbosarlarini saylaydi, shuningdek navbatdagi Qurultoyga qadar Kengash ázolarini Kengash tarkibidan chiqaradi va Kengash ázoligiga saylaydi.
Qonun hujjatlari, Ustav va Qurultoy qaroriga kóra boshqa masalalarni hal qiladi.
5.5.3. Markaziy Kengash yiǵilishi har olti oyda kamida bir marta chaqiriladi va ázolarning uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bóladi. Markaziy Kengash ázolarining kópchiligi ovoz bergan taqdirda Markaziy Kengashning qarorlari qabul qilingan deb hisoblanadi.
5.6. Ittifoq faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan tezkor qarorlar qabul qilish uchun Markaziy Kengash óz ázolari tarkibidan kamida ón besh kishidan iborat bólgan Ijroiya qómitasini besh yil muddatga saylaydi. Ijroiya qómitasining tarkibiga egallab turgan lavozimiga kóra Markaziy Kengash raisi, uning órinbosarlari, Markaziy Kengash apparati moliya-iqtisod boshqarmasi boshliǵi, tashkiliy-kadrlar bólimi mudiri, Yoshlar muammolarini órganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti rektori, Ózbekiston milliy teleradiokompaniyasi Yoshlar teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori va boshqalar kiradi.
5.6.1. Markaziy Kengash Ijroiya qómitasi ázolarining tarkibi Markaziy Kengash qarori bilan belgilanadi.
5.6.2. Markaziy Kengash Ijroiya qómitasi:
Ittifoqning hududiy va boshqa tashkiliy bólimlari, tadbirkorlik tuzilmalari, ommaviy axborot vositalari va uning tóliq muassisligidagi yoki qoshidagi boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Markaziy Kengash vakolatiga kiritilmagan Ittifoq va uning alohida bólinmalari mol-mulkini tasarruf qilish bilan boǵliq qarorlar qabul qiladi;
Ittifoq bólinmalarini tashkil qilish va tugatish hamda ularning tásis hujjatlarini tasdiqlashga oid qarorlar qabul qiladi;
tashkiliy masalalar yuzasidan tezkor qarorlar qabul qilinishini táminlaydi, joriy ish rejasini tuzadi, rejalar va qarorlar ijrosi órganilishini tashkillashtiradi, ijrochilar hisobotlarini tinglaydi, yakunlarga tayangan holda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
Ittifoqning Dasturida belgilab qóyilgan turli yónalishdagi ishlar bóyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini órnatish, delegaciyalarni jónatish va qabul qilish yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Markaziy Kengash yiǵilishlarini chaqiradi, kun tartibini belgilaydi;
Ittifoqning hududiy kengashlari byudjetlari loyihalarini kórib chiqadi va ularni tasdiqlash uchun tavsiya qiladi, ularning ijrosi haqidagi hisobotlarni tinglaydi, yakunlarga tayangan holda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
Ittifoqning saylanadigan rahbarlik organlari shtatidagi apparat xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortadi;
ichki mehnat tartib-qoidalarini, xodimlarning lavozim yóriqnomalarini tasdiqlaydi;
Ittifoqning ichki faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Ittifoq va uning bólinmalari mulkini, mablaǵlarini taqsimlash va tasarruf qilish (ushbu yónalishda Markaziy Kengash vakolatiga kiritilgan masalalardan tashqari) hamda grant, tender va boshqa tanlovlarni ótkazish, shuningdek, quyi tashkilotlar faoliyatini tekshirish yuzasidan qaror qabul qiladi;
Ittifoqning hududiy va mahalliy kengashlari rahbar organlari, Ijroiya qómitasining qonun hujjatlari va Ustavga zid bólgan qarorlarini bekor qiladi;
Ustav maqsadi va vazifalariga erishish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tásis etadi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va rahbarlari tayyorlagan hisobotlarni tinglaydi, yakunlarga tayangan holda tegishli qarorlar qabul qiladi;
Markaziy Kengash apparatining moliya-iqtisod boshqarmasi boshliǵi, ishlar boshqaruvchisi, bosh hisobchi, bólim mudirlarini, Markaziy Kengash tadbirkorlik tuzilmalari, ommaviy axborot vositalari rahbarlari va bosh hisobchilarini lavozimiga tasdiqlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
yuqori organlarning qarorlariga oid boshqa masalalarni hal etadi.
5.6.3. Markaziy Kengash raisi Ijroiya qómitasining yiǵilishlarini chaqiradi va ushbu yiǵilishlarga raislik qiladi.
Markaziy Kengash raisi óz majburiyatlarini bajara olmagan taqdirda, Markaziy Kengash Ijroiya qómitasining qaroriga binoan uning vazifasini órinbosarlaridan biri bajarib turadi.
5.6.4. Markaziy Kengash raisining vazifalari hamda vakolati doirasiga quyidagilar kiradi:
Ittifoq Ustavi va Dasturi doirasidagi umumiy faoliyatni muvofiqlashtiradi;
Ittifoq va Markaziy Kengash nomidan ishonchnomasiz ish kóradi, barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar oldida Ittifoq manfaatlarini ifodalaydi;
Markaziy Kengash, uning Ijroiya qómitasi, Markaziy Kengash raisi órinbosarlari va apparatining faoliyatiga rahbarlik qiladi, apparat xodimlarini ishga qabul qiladi va egallab turgan lavozimidan ozod qiladi;
shartnomalar tuzadi, shu jumladan, mehnat shartnomalarini tuzadi, ishonchnomalarni beradi, banklarda hisob raqamlari va boshqa hisoblarni ochadi, bank, moliya va boshqa hujjatlarga birinchi imzo huquqidan foydalanadi, barcha xodimlar uchun majburiy bólgan farmoyish beruvchi hujjatlarni chiqaradi;
Ittifoq faoliyati doirasidagi Markaziy Kengash va uning Ijroiya qómitasining vakolatiga kirmaydigan boshqa masalalarni hal qiladi.
5.7. Markaziy nazorat-taftish komissiyasi Ittifoqning markaziy nazorat qiluvchi organi hisoblanadi.
5.7.1. Markaziy nazorat-taftish komissiyasi Qurultoy tomonidan 5 yil muddatga kamida ón bir kishidan iborat tarkibda saylanadi va unga hisobot beradi.
Mahalliy (hududiy) tuzilmalarning nazorat-taftish komissiyalari tegishli hisobot-saylov konferensiyalari tomonidan kamida besh kishidan iborat tarkibda saylanadi va unga hisobot beradi.
Bunda Ittifoqning Markaziy nazorat-taftish komissiyasi Ittifoqning va uning hududiy kengashlari, tadbirkorlik tuzilmalari va Ittifoqning ommaviy axborot vositalari faoliyatini nazorat va taftish qilish huquqiga ega. Tekshirishlar natijalariga kóra, u ótkazilgan tekshiruv haqida hisobot tuzadi va kórib chiqish hamda tegishli qaror qabul qilish uchun Markaziy Kengash yiǵilishiga taqdim etadi.
5.7.2. Ittifoqning Markaziy nazorat-taftish komissiyasi vakolatlari va vazifalari doirasiga quyidagilar kiradi:
byudjet ijrosini, Ittifoq va uning tuzilmalarining moliyaviy-xójalik faoliyatini tekshirish;
makzur Ustav qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
Ittifoq faoliyatining moliyaviy, tadbirkorlik va boshqa sohalarida qonun hujjatlari buzilish holatlarini oldini olish;
ushbu Ustavga yoki Ittifoq Qurultoyi qarorlariga mos bólmagan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi, quyi saylanadigan organlari va nazorat-taftish komissiyalarining qarorlarini tóxtatish haqida tavsiyalar berish;
Ittifoq ázolari murojaatlarini kórib chiqish;
Ittifoqning moliyaviy-xójalik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bóyicha takliflar kiritish;
Qurultoy qarorlariga binoan boshqa vakolatlarni bajarish.
Moliyaviy-xójalik faoliyati tekshirilganda barcha mansabdor shaxslar va shtatdagi xodimlar Markaziy nazorat-taftish komissiyasi talabiga binoan unga zarur hujjatlarni taqdim etishi kerak.
5.7.3. Nazorat-taftish komissiyalari ázolari Ittifoqning tegishli saylanadigan rahbar organi ázosi bóla olmaydilar. Ittifoqning tegishli saylanadigan rahbar organlari ázolari ayni paytda nazorat-taftish komissiyasi ázosi bóla olmaydilar.
5.7.4. Markaziy nazorat-taftish komissiyasi ázolari Ittifoq rahbar organlarining barcha darajadagi yiǵilishlarida maslahat ovozi bilan ishtirok etish huquqiga ega.
5.7.5. Markaziy nazorat-taftish komissiyasi óz faoliyatini mazkur Ustav, Qurultoy qarorlari va Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tóǵrisidagi Nizom asosida amalga oshiradi.
VI BOB. ITTIFOQNING TUZILMASI

6.1. Ittifoqning tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Ittifoqning Markaziy apparati;
Ittifoqning hududiy tuzilmalari;
Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;
Ittifoqning boshlanǵich tashkilotlari;
Ittifoqning tóliq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.
Shuningdek, Ittifoq va uning alohida bólinmalari qoshida tegishli ravishda bolalar yónalishi bóyicha faoliyat olib boruvchi Kamalak shóbalari (keyingi órinlarda Kamalak bolalar tashkiloti va uning bólinmalari deb ataladi) tashkil qilinadi. Kamalak bolalar tashkiloti va uning bólinmalari Ittifoqning alohida bólinmasi hisoblanmaydi. Ular Ittifoq va uning alohida bólinmalarining shóbasi hisoblanadi.
Ittifoq belgilangan tartibda ózining davriy nashrlari, noshirlik-matbaa korxonalari, kadrlar malakasini oshirish markazlari, tadbirkorlik tuzilmalarini hamda ózining tásis hujjatlari asosida faoliyat yuritadigan boshqa muassasalarni tashkil etishi mumkin.
6.2. Mahalliy va hududiy kengashlar Ózbekiston Respublikasining mámuriy-hududiy bólinishiga muvofiq tuziladi.
6.2.1. Ittifoq mahalliy va hududiy Kengashining tegishli hudud miqyosidagi yuqori rahbar organi ikki yarim yilda kamida bir marta ótkaziladigan tegishli Konferensiya hisoblanadi. Konferensiya tegishli mahalliy yoki hududiy Kengash yiǵilishi tomonidan chaqiriladi. Konferensiyalarga saylanadigan delegatlarning vakillik normasi, saylash tartibi va muddatlari Ittifoqning tegishli kengashlari yiǵilishi tomonidan belgilanadi.
Hududiy Kengash konferensiyasi qatnashchilari-delegatlari tarkibi mahalliy Kengash Konferensiyasi tomonidan saylangan delegatlar va hududiy Kengash yiǵilishi tomonidan ázolikka qabul qilingan yuridik shaxslar vakillaridan iborat bóladi. Bunda, hududiy Kengash yiǵilishi tomonidan ázolikka qabul qilingan yuridik shaxslar vakillari meyori hududiy Kengash yiǵilishi tomonidan belgilanadi.
Mahalliy Kengash konferensiyasi qatnashchilari-delegatlari tarkibi boshlanǵich tashkilotning yuqori rahbar organi tomonidan saylangan delegatlar va mahalliy Kengash yiǵilishi tomonidan ázolikka qabul qilingan yuridik shaxslar vakillaridan iborat bóladi. Bunda, mahalliy Kengash yiǵilishi tomonidan ázolikka qabul qilingan yuridik shaxslar vakillari meyori mahalliy Kengash yiǵilishi tomonidan belgilanadi.
6.2.2. Mahalliy yoki hududiy Kengash Konferensiyasi:
tegishli Kengashning hisobot davri uchun hisobotini tinglaydi va tasdiqlaydi;
tegishli Kengashning kelajakdagi faoliyatining asosiy yónalishlarini belgilaydi;
tegishli Nazorat-taftish komissiyasining hisobotini tinglaydi va tasdiqlaydi;
tegishli Kengash yiǵilishining kamida yigirma bir nafar kishidan iborat va nazorat-taftish komissiyasining kamida besh kishidan iborat tarkiblarini ikki yarim yil muddatga saylaydi;
tegishli Kengash raisi va uning órinbosarlarini ikki yarim yil muddatga saylaydi;
vakolati doirasiga kiradigan boshqa masalalarni kórib chiqadi.
6.2.3. Ittifoqning hududiy va mahalliy Kengashiga Konferensiyalar oraliǵidagi davrga saylanadigan tegishli Kengash yiǵilishi rahbarlik qiladi. Kengashning yiǵilishlari olti oyda kamida bir marta ótkazilib, tegishli Kengash raisi tomonidan chaqiriladi.
6.2.4. Ittifoqning mahalliy yoki hududiy kengashlari yiǵilishining vakolatlari va vazifalari quyidagilardan iborat:
yuqori turuvchi organlar tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini táminlash yuzasidan qarorlar qabul qilish;
tegishli Kengash faoliyatini muvofiqlashtirish va ishini tashkil etish maqsadida óz ázolari tarkibidan komissiyalar va ishchi guruhlar tuzish, óz ázolari órtasida faoliyat yónalishlarini taqsimlash, ularning ijrosi bóyicha hisobotlar eshitish hamda yakunlari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish;
Ittifoq markaziy apparati bilan kelishgan holda tegishli mahalliy yoki hududiy kengashlar raislarini zarurat bólganda konferensiyalar oraliǵida saylash;
Ittifoq markaziy apparati bilan kelishgan holda tegishli Kengash apparati bólimlari mudirlarini, Ittifoq qaramoǵidagi tashkilotlar (korxonalar, muassasalar) rahbarlarini lavozimiga tasdiqlash va lavozimidan ozod qilish;
Kengashning yillik ish rejasini va uning ijrosi tóǵrisidagi hisobotni tasdiqlash, tegishli qarorlarni qabul qilish;
Kengash byudjetini va uning ijrosi tóǵrisidagi hisobotni tasdiqlash, tegishli qarorlarni qabul qilish;
Ittifoqqa jamoa tarzida ázolarni qabul qilish va ázolikdan chiqarish;
yuqori turuvchi organlar qaroriga muvofiq vakolati doirasiga kiritilgan boshqa masalalarni hal qilish.
6.2.5. Ittifoqning mahalliy yoki hududiy Kengashi yiǵilishiga tegishli Kengash raisi rahbarlik qiladi.
6.2.6. Ittifoqning alohida bólinmalarining huquq va majburiyatlari, mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari, ularni tashkil etish va tugatish tartibi hamda rahbar organlari bóyicha batafsil qoidalar ularning Nizomida batafsil ravishda qayd qilinadi.

6.3.1. Ittifoqning yakka tartibdagi ázolari ish, óqish va xizmat joylarida tuzilishi mumkin bólgan Ittifoqning boshlanǵich tashkilotlariga birlashadilar.
6.3.2. Ittifoqning boshlanǵich tashkilotlari kamida besh nafar Ittifoq ázosi (xayrixoh yoshlar) mavjud bólganda, ularning yiǵilishi qaroriga kóra tuman yoki shahar kengashlari roziligi bilan tuziladi.
6.3.3. Markaziy Kengash Ijroiya qómitasi qarori bilan Ittifoqning boshlanǵich tashkilotlariga yuridik shaxs maqomi berilishi mumkin. Mazkur masalani kórib chiqishda birinchi navbatda uning moliyaviy imkoniyatlari hisobga olinadi.
6.3.4. Ittifoq boshlanǵich tashkilotining boshlanǵich tashkilot miqyosidagi yuqori rahbar organi unda hisobda turgan tegishli ázolarning Umumiy yiǵilishi yoki Hisobot-saylov yiǵilishi hisoblanadi.
Umumiy yiǵilish tegishli boshlanǵich tashkilotdagi Ittifoq ázolari soni yuz nafardan oshmagan boshlanǵich tashkilotlarda bir yilda kamida ikki marotaba ótkaziladi hamda unda boshlanǵich tashkilot hisobida turgan ázolarning uchdan ikki qismi ishtirok eca, vakolatli hisoblanadi.
Hisobot-saylov yiǵilishi Ittifoq ázolari soni yuz nafardan oshgan boshlanǵich tashkilotlarda bir yilda bir marotaba ótkazilib (oliy tálim muassasalari bundan mustasno), unda boshlanǵich tashkilot hisobida turgan Ittifoq ázolari orasidan saylangan vakillar, yáni delegatlar ishtirok etadi.
Oliy tálim muassasalaridagi boshlanǵich tashkilotlarda hisobot-saylov yiǵilishi kamida ikki yarim yilda bir marotaba ótkaziladi.
6.3.5. Umumiy yiǵilish vakolatlari quyidagilardan iborat:
boshlanǵich tashkilot umumiy faoliyatiga oid qarorlar qabul qilish;
boshlanǵich tashkilotning yarim yillik va yillik umumiy faoliyati bóyicha hisobotini eshitish va baholash;
boshlanǵich tashkilot yetakchisini ikki yarim yil muddatga saylash;
boshlanǵich tashkilotning yillik ish rejasini tasdiqlash;
jismoniy shaxslarni Ittifoq ázoligiga qabul qilish va ázolikdan chiqarish;
Ittifoqning yuqori tashkilotlari belgilagan kvotaga asosan ularning konferensiyalariga delegatlar saylash;
boshlanǵich tashkilot faoliyatini tugatish tóǵrisida qaror qabul qilish.
6.3.6. Hisobot-saylov yiǵilishi vakolatlari quyidagilardan iborat:
boshlanǵich tashkilotning ótgan davrdagi umumiy faoliyati bóyicha hisobotini eshitish va baholash;
boshlanǵich tashkilot Kengashi ázolari va yetakchisini ikki yarim yil muddatga saylash;
boshlanǵich tashkilotning yillik ish rejasini tasdiqlash;
Ittifoqning yuqori tashkilotlari belgilagan kvotaga asosan ularning konferensiyalariga delegatlar saylash;
boshlanǵich tashkilot faoliyatini tugatish tóǵrisida qaror qabul qilish.
6.3.7. Yuz nafardan ortiq ázosi mavjud bólgan boshlanǵich tashkilotda uning Hisobot-saylov yiǵilishi tomonidan kamida yetti kishidan iborat tarkibda Kengash saylanadi. Kengash majlislari ikki oyda kamida bir marta ótkaziladi.
6.3.8. Boshlanǵich tashkilot Kengashi vakolatlari va vazifalari doirasiga quyidagilar kiradi:
hisobot-saylov yiǵilishini chaqirish, uning qarorlari ijrosini táminlash;
yuqori tashkilotlardan kelgan topshiriq va tavsiyalarni kórib chiqish va ijrosini táminlash;
Kengash ázolari órtasida majburiyatlarni taqsimlash va hisobotlarini tinglash;
boshlanǵich tashkilotning quyi tuzilmalarini tashkil etish, faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
jismoniy shaxslarni Ittifoq ázoligiga qabul qilish va ázolikdan chiqarish;
boshlanǵich tashkilot ish rejasi va kundalik faoliyatiga oid masalalarni kórib chiqish va qarorlar qabul qilish;
ázolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir masalalarni kórib chiqish hamda muassasa rahbariyati va yuqori tashkilotlarga takliflar bildirish;
muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan ázolar va sardorlarni moddiy va mánaviy raǵbatlantirish;
boshlanǵich tashkilot ázolari órtasida kórik-tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
6.3.9. Boshlanǵich tashkilot faoliyatiga Yetakchi rahbarlik qilib, uning vakolatlari quyidagilardan iborat:
boshlanǵich tashkilotga rahbarlik qilish;
boshlanǵich tashkilotdagi ázolari orasidan yónalish sardorlari (koordinatorlar)ni tayinlash;
tálim muassasasi (tashkilot, korxona) mámuriyati, davlat organlari, fuqarolarning ózini ózi boshqarish organlari, kasaba uyushmasi tashkilotlari va boshqa jamoat tashkilotlari hamda fuqarolar bilan ózaro munosabatlarda boshlanǵich tashkilot nomidan ish yuritish.
6.3.10. Yuridik shaxs maqomiga ega boshlanǵich tashkilotning yetakchisi rahbari quyidagi huquqlarga ega:
boshlanǵich tashkilot nomidan ishonchnomasiz harakat qilish;
boshlanǵich tashkilotning mol-mulkini vakolati doirasida boshqarish;
boshlanǵich tashkilot nomidan shartnomalar, shu jumladan, xójalik shartnomalari va mehnat shartnomalarini tuzish;
ishonchnomalar berish;
banklarda hisob raqamlari yoki boshqa raqamlar ochish, barcha bank, moliyaviy va boshqa hujjatlarga birinchi imzo huquqidan foydalanish;
boshlanǵich tashkilot shtatidagi barcha xodimlar uchun majburiy bólgan kórsatmalar berish, farmoyishlar qabul qilish;
vakolati doirasida Ózbekiston Respublikasi qonunchiligiga va mazkur Ustavga zid bólmagan harakatlarni amalga oshirish.
VII BOB. ITTIFOQ MULKI VA PUL MABLAǴLARI, ULARNI SHAKLLANTIRISH TARTIBI



7.1. Ittifoq óz tasarrufida binolar, inshootlar, uy-joylar, uskunalar, anjomlar, milliy va xorijiy valyutadagi pul mablaǵlari, qimmatli qoǵozlar, intellektual mulk va mualliflik huquqlari obektlari, tashkilotlarga (korxona va muassasalarga) va ushbu Ustavda kózda tutilgan faoliyatni moddiy táminlash uchun zarur bólgan va óz mablaǵlari hisobidan barpo etiladigan boshqa mol-mulkka ega bólishi mumkin.
7.2. Ittifoq va uning alohida bólinmalari mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
jismoniy va yuridik, shu jumladan, xorijiy shaxslarning ixtiyoriy mulkiy badallari va ehsonlari;
tadbirkorlik faoliyatidan olingan va faqat Ustav maqsadlarini bajarish uchun sarflanadigan daromadlar (foyda);
grant, subsidiya, ijtimoiy buyurtma kórinishidagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan yoshlarga oid dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun maqsadli kelib tushadigan mablaǵlar;
Ittifoqning bosma nashrlaridan tushadigan mablaǵlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
7.3. Ittifoqning va u tuzgan tuzilmalarning tadbirkorlik hamda boshqa faoliyatidan olingan daromadlari faqat Ustavda belgilangan faoliyatga sarflanadi va Ittifoq ázolari, ishtirokchilari va xodimlari órtasida taqsimlanmaydi.
7.4. Ittifoqning mulki bólinmasdir. Ittifoq nomidan mulkka egalik qilish huquqini Markaziy Kengash ózining Ijroiya qómitasi orqali amalga oshiradi. Ittifoqning mahalliy va hududiy kengashlari, yuridik shaxs huquqiga ega bólgan boshlanǵich tashkilotlari, qaramoǵidagi tashkilotlar (korxona va muassasalar) Ittifoqning mol-mulkini óz tasarrufidan Markaziy Kengash Ijroiya qómitasining tegishli qarorisiz mustaqil ravishda chiqarishga haqli emas.
7.5. Ittifoqning mahalliy va hududiy kengashlari ózlariga Markaziy Kengash tomonidan biriktirib qóyilgan mulkni operativ boshqarish huquqini amalga oshiradi.

VIII BOB. ITTIFOQDA HISOB VA HISOBOT


8.1. Ittifoqning mahalliy kengashlari belgilangan shaklda har oylik moliyaviy hisobot va tasdiqlangan ish rejaning bajarilishi yuzasidan hisobotni keyingi oyning 10-sanasiga qadar hududiy kengashlarga berib boradilar.
8.2. Ittifoqning hududiy kengashlari belgilangan tartibda Ittifoqning Markaziy Kengashi apparatiga har choraklik moliyaviy hisobot va tasdiqlangan ish rejaning bajarilishi yuzasidan hisobotni keyingi chorak birinchi oyining
15-sanasiga qadar berib boradilar.
8.3. Ittifoq óz faoliyati natijalarini hisobga olib boradi va ularni belgilangan tartibda róyxatga oluvchi, soliq va statistika organlariga taqdim etadi.
IX BOB. ITTIFOQ USTAVIGA ÓZGARTIRISH VA QÓSHIMCHALAR KIRITISH TARTIBI



9.1. Ittifoq Ustaviga Qurultoy qarori asosida ózgartirish va qóshimchalar kiritilishi mumkin.
9.2. Ustavga ózgartirish va qóshimchalar kiritilgandan sóng, Ittifoq Ózbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qayta róyxatdan ótkazilishi lozim.
X BOB. ITTIFOQNI QAYTA TASHKIL QILISH VA TUGATISH TARTIBI



10.1. Ittifoqni qayta tashkil etish Qurultoy yoki sudning qaroriga muvofiq qóshilish, birlashish, bólinish, ajralib chiqish va ózgarish yóli bilan amalga oshiriladi.
10.2. Ittifoqni tugatish Qurultoy yoki sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
10.3. Ittifoqni tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
10.4. Ittifoq tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitob yakunlangandan sóng, ortib qolgan mol-mulk ushbu Ustav maqsad va vazifalari yólida, xayriya maqsadida yoki qonun hujjatlarida belgilangan boshqa maqsadlarda sarflanadi.
Sana: 22.09.2018, 10:44
Tizimga kirish

Moodle

Tavsiya etilgan saytlar
Kalendar
«     2018    »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930