1. +998-61-224-29-02 / fart_info@edu.uz
  2. +998-97-788-94-55 / fart-info@exat.uz
uzdsminf

Madaniyat va kutubxona faoliyati

Avtor: admin
Gruppa: Fakultet, Filial
Sáne: 11.02.2021

Filial 2008 yilda tashkil topgan bo’lib, unda asosan «Ijtimoiy-gumanitar, aktyorlik san’ati va san’atshunoslik» kafedrasi 2014 yilgacha faoliyat yuritib kelgan. 2014/2015 o’quv yilida filial kontingentini hisobga olgan holda «Rejissyorlik va aktyorlik mahorati» va «Ijtimoiy-gumanitar va san’atshunoslik» kafedrasi bo’lib ikkiga bo’linadi. «Ijtimoiy-gumanitar va san’atshunoslik» kafedrasi asosan «Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish» va «Texnogen san’ati: kino, televidenie va radio ovoz rejissyorligi» mutaxasisliklarini o’z ichiga qamrab olgan edi. 2019 yil 1 maydan boshlab filialimizda «Xalq ijodiyoti, madaniyat va kutubxona faoliyati» kafedrasi tashkil etildi.

2020 yil ushbu kafedra tarkibidan “Madaniyat va kutubxona-axborot faoliyati” kafedradasi tashkil etildi. Kafedrada ikki mutaxassislik, “Madaniyat va san’at muassalarini tashkil etish va boshqarish” va “Kutubxona-axborot faoliyati” ta’lim yo’nalishlari mavjud. Kaferdada 1ta PhD, 1ta docent v.v.b, 1ta katta-o’qituvchi, 2ta assistent-o’qituvchilar pedagogik faoliyatni yuritmoqda. Bugungi kunda kafedrani professor-o’qituvchi Gulshira Saparbaeva boshqarib kelmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyatini yuksaltirish va o’z ilmiy ijodini yuzaga chiqarish maqsadida kafedra professor-o’qituvchilaridan katta o’qituvchi – Gulshira Saparbaeva «Qoraqalpog’istonda madaniyat markazlarining shakllanishi va uning yoshlarni ma’naviy-estetik jihatdan tarbiyalashdagi o’rni», Gulbahar Eshbaeva “ Hozirgi bosqichda qoraqalpoq xalq musiqasi” mavzusida o’z ilmiy ishlarini olib bormoqda.

Kafedra professor-o’qituvchisi G.Saparbaeva 2020 yili 4-11 yanvarda Buyuk Britaniyaning London shahridagi «Goldsmith» universitetida professorlar Sean Prime va Adrian de La Court bilan »Madaniyat va san’at sohasida kreativ tadbirkorlik asoslari» modulini ishlab chiqish jarayonida seminar-treninga va 2020 yili 3-4 fevralda Toshkent shahrida o’tkazilgan “O’zbekiston Oliy ta’lim tizimida ijodiy tadbirkorlikka o’qitish integratsiyasi” xalqaro forumiga qatnashdi. O’zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti tomonidan 2020 yil 29- fevral kuni «Kreativ spark: Oliy ta’lim dasturi» xalqaro loyihasi buyicha «Madaniyat va san’at sohasida krativ (ijodiy) tadbirkorlik fajliyatiga o’qitishning dolzarb masalalari» O’zbekiston Buyuk Britaniya Kengashi, «Humo partners» kompaniya vakillari bilan birgalikdagi amaliy seminarga qatnashdi. 2020 yil 19 fevralda «Qoraqalpog’iston telekanali «Assalawma Aleykum Qaraqalpaqstan» dasturida katta o’qituvchi A.Bekjanova va «Madaniyat va kutubxona faoliyati» kafedrasi rahbari G. Saparbaeva «Kreativ Spark» loyihasi bo’yicha o’z ma’lumotlari bilan qatnashdi. O’zDSMI “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Kengashi «Xumo partners» kompaniyasi vakillari bilan birgalikdagi «Kreativ Spark: Oliy ta’lim dasturi» xalqaro loyihasi a’zosi va tashkilotchisi sifatida G.Saparbaeva ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, 2020 yil 31 oktyabrda “Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishda kreativ tadbirkorlikning o’rni” mavzusidagi ilmiy amaliy seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasida Kreativ tadbirkorlik masalalari bo’yicha I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston davlat san’at muzeyi direktori G.Izentaeva, Hunarmand uyushamsi QR boshaqarma boshlig’i movuni S.Madaminova, Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi, “Bilim” nashriyoti direktori M.Nizanov, Qoraqalpog’iston Respublikasi “Tadbirkor ayol” uyushamasi a’zosi A.Nawbetova, O’zbekiston rassomlari uyushmasi a’zosi, hunarmad M.Allambergenovalarning tajriybalari misolida seminarda ishtirok etishini tashkil etti. G.Saparbaeva usbu seminarda madaniyat va san’at sohasida talabalarning ishlab chiqarishdagi tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qoyish va yoshlarning kreativ g’oyalarning shakllanishi bo’yicha “Madaniyat va san’at sohasida kreativ tadbirkorlik” fanini o’qitishning dolzarb masalalari mavzusi bilan ishtirok etti. 2020-yil 28-30-noyabrda «Маdaniyat va san’at sohasida kretiv tadbirkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari» amaliy bebinar treningga qatnashdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O’zbekistonning yangi rivojlanish davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarin rivojlantirish to’g’risida”gi berilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash bo’yicha 2020 yil 17 dekabrda Ellikqa’la tumanidagi 51 son umumiy o’rta maktab, Beruniy tumani 24 son umumiy o’rta maktab, 2021 yil 26 yanvarda Kegeyli tumani 16 umumiy o’rta maktablariga kafedra boshlig’I G.Saparbaeva, professor-o’qituvchilardan D.Sharipova va G.Abipova, Kegeyli tumani 12 son maktabga G.Eshabeva, M.Xudaybergenova o’quvchilarga mahorat darslarini o’tib keldi. 2020 yil oktyabr oyida Qoraqalpog’iston Madaniyat vazirligida Madaniyat vaziri o’rinbosari J.Abdijamilov bilan 3-4 kurs talabalari birgalikda “Qoraqalpog’istonda madaniyat sohasida kadrlar masalasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 2020 yil 19 noyabrda filialda 1-kurs «Мadaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish» talabaalri I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzeyi «Tasviriy san’at» bo’limi mudiri A.Aytmuratova va «Tasviriy san’at» bo’limi ilmiy xodimi M.Allaniyazovalar «I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzey tarixi» mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi. 2020 yil 27 noyabrda I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzeyida 1 kurs «Kutubxona axborot-faoliyati» mutaxasisiligi talabalari «Faym Маdgazinning 90 yillik yubileyi» mavzusida uchrashuv kechasi tashkil qilindi. Kechani muzey xodimlari «Tasviriy san’at» bo’limi mudiri А.Aytmuratova, ilmiy xodimi M.Аllaniyazova va gurux rahbari М.Хudaybergenovalar tashkil etdi. 2020 yil 4 dekevrda O’zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti «Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish» kafedrasi docenti V.К.Rustamov kafedraning professor-o’qituvchilari va 1кurs « Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish» ta’lim yo’nalishi talabalari bilan B.S.Sayfullaev, V.K.Rustamovlar muallifligidagi «Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati» o’quv qullanmasining «Madaniyat va kutubxona-axborot faoliyati» kafedrasi katta o’qituvchisi G.Saparbaevaning «Ma’deniy ilajlardi sho’lkemlestiriw sheberligi» qoraqalpoq tiliga tarjimasi taqdimoti va mahorat darsi tashkil qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining besh tasshabbusi bo’yicha kafedra katta o’qituvchisi G. Saparbaeva «Madaniyat muasassalarini tashkil etish hamda boshqarish» ta’lim yo’nalishi talabalari bilan Moynoq tumanida “Madaniyat markazlarida havaskorlik to’garaklar bilan ishlash uslubiyoti” mavzusida seminar o’tkazdi. 3-dekabr Muruvvatlar kuni Nukus shaxridagi Muruvvatlar uyida «Madaniyat muasassalarini tashkil etish hamda boshqarish» ta’lim yo’nalishi 2-3 kurs talabalari xayriya kontsert dasturini tashkil etishdi.

 1,131