Axborot resurs markazi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali (keyingi o’rinlarda matnda O’zDSMI Nukus filiali deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 apreldagi № PK-845-sonli karori asosida tashkil etilgan va 2012 yil 4 iyundagi “O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to’g’risida”gi № 1771-sonli qarori asosida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali deb nomi o’zgartirildi hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali axborot resurs markazida 1 ta shtat birligi ajiratilgan. Axborot resurs markazida kutubxonachi lavozimida Genjebaeva Nasiba Damirovna faoliyat olib bormokda 2019-yil 11-may sanasidan boshlab.

Axborot-resurs markazi umumiy kitob fondi 14319 sondagi adabiyotlarni o’z ichiga oladi. Filial Axborot-resurs markazida adabiyotlarning elektron shaklini yaratish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda va elektron shaklga o’tkazilgan adabiyotlarni kitobxonlar topib olishlariga uchun qo’layliklar yaratish maqsadida elektron kataloglar yaratilgan. Hozirgi kunga kelib elektron shaklga o’tkazilgan adabiyotlarning soni 7146 donadan iborat.

Elektron kutubxonadan masofadan foydalanish bo’yicha – Professor-o’qituvchilar va talabalar elektron kutubxonadan masofadan turib foydalanish uchun Axborot resurs markazi tomonidan telegram messenjer @uzdsminf_arm orqali tashkil etildi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25-avgust kungi 608-sonli buyrug’i asosida, ziyonet.uz saytini boyitish uchun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali ko’yidagicha elektron axborot resurslarini joylashtirdi.

  1. bitiruv malakaviy ishlari – 30-ta
  2. talaba yoshlari mustaqil ish – 10-ta
  3. kurs ishlari – 10-ta
  4. referat ishlari – 10-ta
  5. darslarning video materiallari – 40-ta

Filialda optik tolali hamda Wi-Fi texnologiyalari asosida qamrab olgan yagona korporativ tarmoq yaratildi va filialning barcha xodimlari, pedagoglar va talabalar uchun tarmoqdagi komp’yuterdan erkin va qulay foydalanish imkoniyatini berdi. Internet tarmog’idan foydalanishda “Kerio kontrol” dasturi asosida har hil diniy ekstremistik oqimlardan va yoshlarga nojo’ya ta’sir qiladigan video fil’mlardan himoya qilingan.

ARMlarda Wi-Fi zonalar tashkil etish bo’yicha – Filial Axborot resurs markaziga hozirgi zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatin berish maqsadida Wi-Fi zonasi tashkil etildi, talabalar va abiturientlar elektron resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

 346 

Skip to content