Xalqaro aloqalar bo’limi

Sultamuratov Begis Utebaevich
Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i

Telefon: +998913944183
E-mail: nukusbranch.uzsiac@gmail.com

Xalqaro hamkorlik bo’limi haqida

O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti Nukus filiali Xalqaro hamkorlik bо’limi 2020 yilda tashkil etilgan bo‛lib, bo‛lim Filialning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yо’lga qо’yish, eng sо’nggi о’quv va ilmiy tajribalarni о’rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va professor-о’qituvchilarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga, bо’lim xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda о’quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan. Ushbu bо’lim san’at va madaniyat sohasida xorijiy mamlakatlar bilan о’zaro tajriba almashishga va institut talabalarining nufuzli xalqaro kо’rik-tanlovlarida ishtirok etishiga zamin yaratishga yо’naltirilgan.

Xalqaro aloqalar bo’limining maqsadi va vazifalari

  • Turdosh xorijiy oliy о’quv yurtlari, markazlari va korxonalari bilan har tomonlama aloqalarni о’rnatish, hamkorlik bitimi hamda shartnomalarni tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish
  • Jahon tajribalaridan foydalanish maqsadida о’quv jarayoniga xorijiy mamlakatlarning professor-о’qituvchilari, yetakchi mutaxasislarini hamda О’zbekistonda akreditatsiyadan о’tgan diplomatik korpus vakillarini jalb qilish
  • Iqtidorli talabalarni xorijiy Oliy о’quv yurtlariga ta’lim olish uchun yо’llash va xorijiy fuqarolarni institutda tahsil olishga о’zaro ikki tomonli shartnomalar va boshqa bitimlar asosida jalb qilish
  • Xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari va seminarlar о’tkazish
  • Filial kafedralari bilan birgalikda xorijiy OTMlari va tashkilotlar vakillari ishtirokidagi tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish
  • Oliy ta’lim sohasida turdosh xorijiy OTMlar, tashkilotlar, markazlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, tegishli yuqori tashkilotlar ruxsati bilan xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida xorijiy hamkorlar bilan bevosita aloqa о’rnatish
  • Filialning yosh olim, mutaxassis, professor-о’qituvchilarini xorijda malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratish
  • Xorijiy davlatlar jamg’armalari, ta’lim tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan ajratiladigan mablag’larni maqsadli tarzda ishlatish uchun xorijiy loyiha va grantlarda ajratilgan о’rinlarga о’qituvchi, stajyor, doktorant, aspirant va talabalar nomzodlarini tanlash hamda ularni chet ellarga yuborish ishlarini belgilangan tartibda о’z vaqtida amalga oshirish
  • Xorijiy mamlakatlarga qisqa va uzoq muddatli safarga yuborilgan mutaxassis, ilmiy-pedagogik kadrlar, ilmiy tadqiqotchilar, stajyor va talabalarning hisobotlarini jamlash hamda vazirlikning tegishli boshqarma va bо’limlariga taqdim etish
  • Ta’lim muassasalarida faoliyat kо’rsatayotgan chet ellik professor- о’qituvchilar hamda tahsil olayotgan xorijiy fuqarolarning о’qishi va yashashi bilan bog’liq masalalarni muvofiqlashtirish

Xalqaro hamkorlik

Hozirgi kunda О’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali tomonidan 5 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Rossiya Federatsiyasi:

  1. Z. Ismailov nomidagi Ufa davlat san’at instituti

Qozog’iston Respublikasi:

  1. M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universiteti
  2. M. Dulati nomidagi Taraz davlat universiteti
  3. Abay nomidagi Qozog‛iston davlat pedagogika universiteti
  4. Qozog’iston regional ijtimoiy-innovatsion universiteti

 648 

Skip to content