1. +998-61-224-29-02 / fart_info@edu.uz
  2. +998-97-788-94-55 / fart-info@exat.uz
uzdsminf

Ijtimoiy gumanitar fanlar

Avtor: admin
Gruppa: Fakultet, Filial
Sáne: 11.12.2020

«Ijtimoiy – gumanitar fanlari» kafedrasi

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti Nukus filiali  2008 yilda tashkil topgan. Filial kontingenti hisobidan boshlanishiga bitta kafedra «Ijtimoiy-gumanitar, aktyorlik san`ati va san`atshunoslik» nomi bilan ish boshlagan. Keyinchalik  2014-2015 o`quv yilida kafedra «Rejissyorlik va aktyorlik mahorati» va «Ijtimoiy-gumanitar va san`atshunoslik» deb ikkiga bo`linadi.

Kafedra tashkillashtirilgan vaqtda, asosan unda ikki mutaxassislik – “Madaniyat va san`at  muassasalarini tashkillashtirish va boshqarish”, “Texnogen san`ati: kino, televidenie va radio ovoz rejissyorligi” ta`lim yo`nalishlari tayyorlanar edi. 2018 yilga kelib kafedraga yangi ikkita yo`nalish “Kutubxona-axborot faoliyati: kutubxonachilik va bibliografiya” va San`atshunoslik: saxna va ekran san`ati dramaturgiyasi” qo`shildi. 2019-yil 1-maydan boshlab filialda yangidan ikki kafedra tashkillashtirildi, kafedra «Ijtimoiy-gumanitar fanlari» kafedrasi deb nomlana boshladi. Kafedrada 1 fan doktori, 4 fan nomzodi, 3 katta o`qituvchi, 5 assistent-o`qituvchi pedagogik faoliyat yuritmoqda. Kafedrada 2013-2015 yillarda tarix fanlari nomzodi Svetlana Esbergenova, 2015-2016 yillari Dilfuza Bekimbetovalar mudirlik vazifasini bajargan. Bugingi kunda  kafedra mudiri lavozimida tarix fanlari nomzodi Larisa Urazova faoliyat yuritmoqda.

Kafedraning katta-o`qituvchilari Aynura Bekjanova «Qoraqalpog`iston maktablarida chet tillarni o`qitishning taraqqiyoti», Amangul Utepbergenova «Mustaqillik yillarida Qoraqalpog`istonda radio va televideniening rivojlanish tarixi (1991-2020 yy.)» mavzularida o`z ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.

Bundan tashqari kafedra professor-o`qituvchilari o`z tashabbuslari bilan“Kreativ Spark: Oliy ta`lim dasturi” xalqaro proektga  a`zo bo`ldilar, ulardan L.K.Urazova, A.M.Bekjanova va S.S.Kojalepesovlar 2020 yilning 29 fevral` sanasida Toshkent shahar  O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida «Kreativ Spark:oliy ta`lim dasturi” xalqaro proekt asosida O`zbekistondagi Buyuk Britaniya Kengashi «Xumo partners» kompaniyasi vakillari ishtirokida «Madaniyat va sanoat sohasida kreativ ijodiy tadbirkorlik faoliyati bo`yicha o`qitishning aktual masalalari» atamasida amaliy seminar treningga qatnashdi.

2020 yil 19 fevral` sanasida   «Qoraqalpog`iston» kanali «Assalaumu aleykum Qaroqalpog`iston» dasturida kafedra katta o`qituvchisi Aynura Bekjanova va «Xalq ijodyoti, madaniyat va kutubxona faoliyati» kafedrasi katta o`qituvchisi Gulchira Saparbaeva «Kreativ Spark »proekti bo`yicha qiziqarli ma`lumotlari bilan ishtirok etdi.

13 oktyabr` 2020 yil  «Ijtimoiy – gumanitar fanlari kafedrasi tomonidan Qoraqalpog`istonda fan, san`at va madaniyat sohalarining rivojlanishida xotin-qizlar roli» mavzusida onlayn dasturida Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi tashkillashtirildi.

Zoom platformasida o`tkazilgan konferentsiyada «Ijtimoiy gumanitar fanlari»  kafedrasi mudiri L.K.Urazova konferentsiyani boshqarib bordi. Konferentsiya O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog`iston bo`limi Gumanitar fanlari  tadqiqot instituti «Qoraqalpoq adabiyoti» bo`limi mudiri f.i.d, Z.Bekberenova «Professor S.Bahodirovaning fandagi va badiiy adabiyotdagi faoliyati» mavzusida ma`ruzasini o`qib eshittirdi, filial «Ijtimoiy-gumanitar fanlari»  kafedrasi katta o`qituvchisi f.i.k.  A.Prekeeva «Tariximizdagi mashhur qizlar» mavzusidagi ma`ruzasi, A.Bekjanova  «Iz istorii prepodavaniya inostrannыx yazыkov v usloviyax Karakalpakstana» mavzusidagi ma`ruzasi, filialning «Madaniyat» 4-bosqich talabasi J.Turg`anbaev, 2-bosqich talabasi R.Ibragimovlar o`z ma`ruzalari  bilan qatnashdi.

Ushbu konferentsiya tezislari “Qoraqalpog`istonda fan, san`at va madaniyat sohalarining rivojlanishida xotin-qizlar roli” mavzusida onlayn jurnal bo`lib nashr qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktyabrdagi «O`zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va darajasini takomillashtirish chora tadbirlari haqidagi» Farmonida belgilangan vazifalarni yoshlarga targ`ib qilish maqsadida filialda «Til millatning ruhiy boyligi» mavzusida onlayn amaliy konferentsiya tashkillashtirildi.

Zoom platformasida o`tkazilgan tadbirda kafedra mudiri L.K.Urazova bashlovchilik qildi. Unga Ajinyoz nomidagi Nukus pedagogika inistitutining «O`zbek tili» kafedrasi katta o`qituvchisi Zuhra Jamalova, katta o`qituvchi (PhD) SHiyrin Aldasheva, filialimiz katta o`qituvchisi f.i.k Amangul Prekeeva bayonatlari bilan qatnashdi.

Ko`tarinki ruhda tashkillashtirilgan tadbirda filial talabalari tomonidan tayyorlangan «Qadring balant bo`lsin ona tilim» mavzusidagi adabiy bo`lim bilan davom etti. Filialda Qoraqolpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 31 yil to`lishiga bag`ishlangan «Ona tilim-sen millatning shiori!» mavzusida ilmiy-adabiy onlayn seminar bo`lib o`tdi. Seminarga Ajinyoz nomidagi NDPI “Qoraqalpoq tili” kafedrasi dotsenti, f.i.k S.SHinnazarova «Til tarbiya quroli», O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq gumanitar fanlar tadqiqot instituti  «Qoraqalpoq til bilimi» bo`limi katta ilmiy xodim, f.i.k Q.Bekbergenov «Qoraqalpoq tiliga davlat maqomi berilishining ahamiyati» O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq gumanitar fanlari tadqiqot instituti  tayanch doktoranti – A.Najimov «Qoraqalpoq tilining mustaqillik yillarda rivojlanishi» mavzusidagi ma`ruzasi bilan qatnashdi.

Hozirgi kunda filialimiz professor-o`qituvchilari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil l6 noyabrdagi “O`zbekistonning yangi rivojlanish davrida ta`lim tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish haqida”gi  PF – 6108 sonli farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqala tumanidagi  51 – sonli, Kegeyli tumani 16  va 12 – sonli, Beruniy tumani 24–sonli, Nukus shahri 30 – sonli umumiy o`rta ta`lim maktablarida mahorat darslarini o`tkazib kelmoqda.

2021 yil 9 fevral` sanasida filialda So`z mulkining sultoni- Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag`ishlangan «So`z bilan zar tergan inson» mavzusida badiiy kecha tashkillashtirildi. Bu tadbirda «Rejissura va aktyorlik mahorati» kafedrasi professori Najimatdin Ansatbaev o`z ma`ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma`ruzada, Alisher Navoiyning hayoti va ijodini insonning baxti uchun kurashishga, xalqning tinchligi, ilm-bilim, san`at, adabiyotning rivojiga, o`zbek klassik adabiyotini yangi bosqichga ko`tarishga hissa qo`shgan entsiklopedist olim bo`lganligi haqida gapirib o`tdi. Tadbir filial talabalari ishtrokida badiiy sahna ko`rinishlari bilan davom etti.

 1,086