Uzdsmi-NF.uz Logo

Nashr qilingan sana Juma, 9 Oktabr, 2020

Davlat komissiyasi majlisining bayoni

O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi majlisining bayoni qaroriga muvofiq:

Yoshlar o’qishi uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida, istisno tariqasida: talabalikka tavsiya etilmagan bakalavriat abiturientlariga ro’yxatdan o’tish mobaynida tanlagan ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi yoki beshinchi bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha tabaqalashtirilgan ("Superkontrakt") to’lov-kontrakt asosida o’qishga ruxsat berildi.

Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov bo’yicha birinchi bakalavriat ta’lim yo’nalishida e’lon qilingan test sinovlari natijalariga ko’ra, abiturientlarning to’plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abiturientlarning arizalariga muvofiq, to’plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.


Oliy ta’lim bo’yicha xabarlarni yetkazadigan kanalga ulanish: Telegram Kanal

  • National flag of Uzbekistan
  • National symbolics of Uzbekistan
  • National anthem of Uzbekistan