Uzdsmi-NF.uz Logo

Nashr qilingan sana Chorshanba, 21 Oktabr, 2020

21 oktyabr' – O'zbek tili bayrami kuni

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yil 10 aprel' kuni imzolangan «O'zbek tili kunini belgilash to'g'risida»gi qonunga muvofiq, 21 oktyabr' O'zbek tili bayrami sifatida nishonlanadi.

1989 yil 21 oktyabrda «O'zbekiston Respublikasining davlat tili to'g'risida»gi qonun qabul qilingan. Unga asosan, o'zbek tili – O'zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan. Mazkur qonun 1995 yil 21 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.

Bugungi kunda dunyo bo'yicha 50 mln nafardan ko'proq odam o'zbek tilida so'zlashadi.

Eslatib o'tamiz, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 42-moddasiga ko'ra, fuqarolarning tarbiya va ta'lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to'sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O'zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Qoraqalpog'iston xabarlari https://t.me/joinchat/AAAAAEXFelNPjnyp8LeTBg

  • National flag of Uzbekistan
  • National symbolics of Uzbekistan
  • National anthem of Uzbekistan