Uzdsmi-NF.uz Logo

Nashr qilingan sana Juma, 23 Oktabr, 2020

Til millatning manaviy boyligi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 10 aprel kuni imzolangan «Oʼzbek tili kunini belgilash» toʼgʼrisidagi qonunga muvofiq, 21 oktyabr oʼzbek tili bayrami sifatida belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialida «Til – millatning manaviy boyligi» atamasida tadbir tashkil etildi.

Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialida «Til – millatning manaviy boyligi» atamasida tadbir tashkil etildi

«Zoom» dasturida oʼtkazilgan tadbirni «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri L. Urazova ochdi va olib bordi. Tadbirda Nukus davlat pedagogika instituti «Oʼzbek adabiyoti» kafedrasi katta oʼqituvchisi Z. Jamalova, PhD Sh. Аldasheva va filial professor-oʼqituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

L. Urazova Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning oʼzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Oʼzbekiston fuqorolariga bildirgan tabrigi boʼyicha keng turda aytib oʼtdi.

Yuqori ruxda tashkillashtirilgan tadbir filial yoshlari tomonidan tayyorlangan «Qadring baland boʼlsin, ona tilim» atamasidagi badiy boʼlim bilan davom etdi.

  • National flag of Uzbekistan
  • National symbolics of Uzbekistan
  • National anthem of Uzbekistan