Uzdsmi-NF.uz Logo

Дата публикации четверг, 16 июля, 2020

Direktor murojaati

Bugingi kunda mamlakatimizda yoshlarning oqib bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Hammaga ma'lumki, hozirgi vaqtda Oliy oquv muassasalariga qabul jarayonlari ketmoqda, shuningdek, abiturienlar oz bilimi va kuchi bilan oqishga kirish test sinovlariga tayyorgarliklar kўrmoqda.

Sir emaski, shu kunlari abiturient va ularning ota-onalarining ishonishiga kirib, oliy ta'lim muassasalariga osan yўl bilan oqishga kiritishni va'da qiladigan firibgarlar ham jamiyatimizda uchraydi. Ming afsuski ba'zi ota-onalar firibgarlarning yolǵon va'dalariga ishonch bildiradi.

Hurmatli ota-onalar eng avvolo farzandingizning bilimiga qobiliyatiga ishoning. Farzandlaringiz ongini nopoklik uruǵi bilan zaharlab, Sizdan ushbu jarayonlar uchun ta'magirlik yўli bilan pul undirmoqchi bўlgan shaxslardan ehtiyot bўlishingizni sўraymiz. Nopoklik aralashgan har qanday ishning fayzi, barakasi hamda kelajagi bўlmaydi.

Korrupciya jamiyatimizning, ayniqsa, ta'lim sohasining rivojlanishiga salbiy ta'sir kўrsatishini hesh qachon unutmasligimiz kerak. Ota-bobolarimiz «Qinǵir ishning qiyiǵi qirq yildan sўng ham chiqadi» deya bekorga aytishmagan. Har-bir qўygan qadamimiz bizni tўǵrilikga va adolatlikka chorlasin. Farzandlarimizning komil inson bўlib shakllanishiga har birimiz oz hissamizni qўshaylik.

  • National flag of Uzbekistan
  • National symbolics of Uzbekistan
  • National anthem of Uzbekistan