Yangi Oʼzbekiston kreativ tadbirkorlikni rivojlantirish yoʼlida

Muallif: uzdsminfadmin
Turkum: Maqolalar
Sana: 25.08.2021

Yaqinda Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Britaniya Kengashining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Oʼzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirishda kreativ tadbirkorlikning oʼrni” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn seminar tashkillashtirildi. Unda Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus va Fargʼona filiallari ishtirok etishdi.

Tadbirni OʼzDSMI «Madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkillashtirish va boshqarish» kafedrasi dotsenti M.Yuldasheva ochdi va olib bordi. Shuningdek, tadbirda soha vakillari oʼz bayonotlari bilan ishtirok etdi.

Sohaga chet el investitsiyalarini qamrab olish, tadbirkorlikni boshlash oldida turgan yoshlarga qulay tadbirkorlik muhitini yaratish va imkon qadar ularga imkoniyatlar yaratish zarurligi seminar davomida aytib oʼtildi.

Ilmiy-amaliy seminar davomida ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

OʼzDSMI Nukus filiali matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...