Axborot resurs markazi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali (keyingi o‘rinlarda matnda O‘zDSMI Nukus filiali deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 apreldagi PK-845-sonli qarori asosida tashkil etilgan va 2012 yil 4 iyundagi «O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1771-sonli qarori asosida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali deb o‘zgartirildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashkil etilgan tuzilmasiga kiradi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali axborot resurs markazida 4 ta shtat birligi ajratilgan. Axborot resurs markazi boshlig‘i lavozimida Allambergenjva Oralxon Biysenbayevna hamda 3 nafar kutubxonachi faoliyat yuritmoqda. Axborot-resurs markazi umumiy kitob fondi 19021 ta adabiyotlarni o‘z ichiga oladi. Filial Axborot-resurs markazida adabiyotlarning elektron shaklini yaratish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda va elektron shaklga o‘tkazilgan adabiyotlarni kitobxonlar topib olishlari uchun qulayliklar yaratish maqsadida elektron kataloglar yaratilgan. Hozirgi kunga kelib elektron shaklga o‘tkazilgan adabiyotlar soni 7146 donadan iborat.

Elektron kutubxonadan masofadan foydalanish bo‘yicha – Professor-o‘qituvchilar va talabalar elektron kutubxonadan masofadan turib foydalanish uchun Axborot resurs markazi tomonidan telegram messenjer @uzdsminf_arm orqali yaratildi.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 25-avgust kungi 608-sonli buyrug‘i asosida, ziyonet.uz Saytini boyitish uchun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali quyidagi elektron axborot

Bitiruv malakaviy ishlari – 30 ta.

darslarning videomateriallari – 40 ta.

Filialda optik tolali hamda Wi-Fi texnologiyalari asosida qamrab olgan yagona korporativ tarmoq yaratildi va filialning barcha xodimlari, pedagoglar va talabalar uchun tarmoqdagi kompyuterdan erkin va qulay foydalanish imkoniyatini berdi. Internet tarmog‘idan foydalanishda «Kerio kontrol» dasturi asosida turli diniy ekstremistik oqimlardan va yoshlarga noo‘rin ta’sir etuvchi videofilmlardan himoya qilingan.

ARMlarda Wi-Fi zonalar tashkil etish bo‘yicha – Filial Axborot resurs markaziga mavjud zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish maqsadida Wi-Fi zona tashkil etildi, talabalar va abituriyentlar elektron resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...