Ilmiy kengash

O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filiali Kengashi kotibi A.Orazov

  1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmyishlari, Madaniyat vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va bo‘yruqlari, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filiali Ustavi,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining «Oliy o‘quv yurtining Kengashi to‘g‘risida»gi 2011-yil 3-dekabrdagi 487-sonli bo‘yrug‘i asosida tasdыqlangan nizom asosida shakllantirilib, O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filialining 2023-yil 31-avgustdagi 1-sonli Kengashi yig‘ilishi qarori asosida maqullangan.

1.2. Ushbu Nizom O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filiali Kengashi faoliyatini (ishni rejalashtirish, muhokoma masalalarini tayyorlash, yig‘ilishi o‘tkazish va qaror qabul qilish, qarorlarning bajarilishi ustidan nazorat, ish yuritish va shu kabilarni) tartibini belgilaydi.

1.3. O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filiali Kengashi (bundan keyin – Kengash) doimiy faoliyat yurituvchi oliy kollegial organ hisoblanadi.

1.4. Kengash ushbu Nizom asosida faoliyat yuritadi.

1.5. Kengash o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqil va erkin fikrlik, kollegiallik va a’zolarining fikrlari uyg‘unligi va asosiysi institut jamosi fikrini hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshiradi.

1.6. Ushbu Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar Kengash qarori bilan kiritilishi mo‘mkin.

  • KENGASHNING ASOSIY VAZIFALARI

2.1. Kengash O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filiali faoliyatiga oid quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olibboradi. Jumladan:

– ta’lim tizmining barcha sohalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘icha o‘quv, metodik ilmiy va boshqa faoliyatni samarali bo‘lshini yolga qo‘yish;

– shaxsning intelektual, madaniy va ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarini pedagogik ta’lim olish orqali qondirish, davlat va jamiyatning oliy pedagogik ma’lumotli, malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagogik  kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;

– ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, fundamental va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

– O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filialida normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari, yillik rejalar va Madaniyat vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati qarorlari va buyruqlarining bajarilishini tahlil qilib borish;

– ijro intizomini mustahkamlash, lozim (xizmat) vaziyfalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filiali rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish masalalarini muxokama qilib borish;

– pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha rejalarni tasdiqlaydi, bajarilishi bo‘yicha hisobatlarni eshitish;

–   ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-usluviy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid tegishli normativ-xuquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

– direktor, direktor o‘rinbosarlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlarining filial zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobatlarini eshitish;

– direktor o‘rinbosarlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo‘limlar faoliyatini ko‘rib chiqish;

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli Qarori va «Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq vakant lavozimlarga tanlovlarda nomzodlarni ko‘rib chiqish hamda pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlarga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasiga professor, dotsent ilmiy unvoniga tavsiya qilish;

– O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarni muhokama qilish, muvofiqlashtiruvchi kengashga, monografiyalarni nashrga tavsiya etish kabi masalalarni hal etadi.

– 2.2. Kengash O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filiali vakolatiga taalluqli, uning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan kollegial muhokama talab qilinadigan boshqa masalalarni ko‘rishga haqli.

  • KENGASH FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

3.1. Kengash ish rejalari O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filiali ish rejalarini inobatga olgan holda bir o‘quv yili uchun tuziladi hamda Kengash muhokamasidan so‘ng Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filiali direktori Kengash raisi hisoblanadi, direktor davlat xizmatlari bilan band bo‘lganda o‘rniga direktorning O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari rejalashtirilgan majlisga raislik qiladi.

3.2. Kengash ishini rejalashtirish – O‘zbekitson davlat san’at va madaniyat instiuti Nukus filiali faoliyatini rejalashtirishning umumiy prinsipi va talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

3.3. Rejada Kengash muhokamasiga kiritilayotgan masalalarning aniq mazmuni, ularni ko‘rib chiqish muddati, masalalarni tayyorlash uchun mas’ullar (Kengash a’zolari va boshqalar) Kengash yig‘ilishi qaror loyihasi va boshqa materiallarni ishlab chiqish uchun ma’sul bo‘lgan filial tarkibiy tuzilmalari va xodimlari ko‘rsatiladi.

3.4. Direktor o‘rinbosarlar, fakultet dekanlari, kafedra va bo‘limlar raxbarlari, boshqa manfoatdor idoralar vakillari Kengash ish rejasi loyihasiga masalalarni kiritish uchuno‘z taklaflarini har yili 1-iyungacha Kengash kotibiga belgilangan shaklda taqdim etadi.

3.5. Kengash kotibi taqdim etilgan taklif va mulohazalarni umumlashtiriadi, reja loyihasini tayyorlaydi, direktor o‘rinbosarlari bilan kelishilgan holda joriy yilning 15-iyunigacha Kengash raisiga taqdim etadi.

Kengash raisning ko‘rsatmalari asosida qayta ishlagan ish reja loyihasi Kengashning yangi o‘quv yilidagi birinchi yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladi.

3.6. Ish reja loyihasi Kengash yig‘ilishida maqullangandan so‘ng Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.

3.7. Kengashning tasdiqlangan ish rejasini Kengash kotibi, direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, kafedra va bo‘lim rahbarlariga yuboradi, o‘lar esa bir hafta muddat ichida o‘z xodimlarini ish rejasi bilan tanishtiriladi va ular tomonidan bajarilishi belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida aniq ijro etilishi ustidan nazoratini ta’minlaydi.

Kengashning tasdiqlangan rejasiga tuzatishlar Kengash yaki uning raisi qarori bilan kiritiladi.

Kengash ish rejasiga kiritilgan masalalarni rejadan chiqarish yoki ko‘rib chiqish muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar masala bo‘yicha ma’sul shaxslarning taqdimotiga ko‘ra Kengash majlisida ko‘riladi. Bunday holda masalani tayyorlash uchun ma’sul shaxs Kengashga tegishli asosnoma taqdim etishi lozim.

Kengash ish rejasi bajarilishi ustidan umumiy nazoratini Kengash raisi amalga oshiradi.

  • KENGASH YIG‘ILISHINI O‘TKAZISH VA QAROR QABUL QILISH

4.1. Kengash yig‘ilishi har oyda bir marta o‘tkaziladi.

4.2. Zarur hollarda Kengash raisining taklifi (roziligi) bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilishi mumkin.

4.3. Kengash majlisi kun tartibi, o‘tkaziladigan kuni, vaqti va joyi Kengash raisi tomonidan belgilanadi.

4.4. Kengash kotibi belgilangan ish rejaga muvofiq materiallar tayyorlangandan so‘ng, majlis kun tartibini tuzadi va Kengash raisiga tasdiqlash uchun taqdim etidi.

4.5. Kengash kotibi Kengash yig‘ilishi boshlanishidan oldin qatnashuvchilarni ro‘yxatga olishni tashkil etadi. Ruyxatga olish yakuni bilan Kengash raisiga Kengash a’zolari va taklif etilganlarning ishtiroki haqida axborot beradi.

4.6. Kengashga taklif etilgan shaxslar ularga taaluqli masalalar yuzasidan bo‘ladigan muhokamalarda maslahat ovozi huquqida qatnashadilar. Kengash raisi (raislik etivchi) ruxsati bilan ular muzokaralarda qatnashishi, o‘z e’tiroz va takliflarini bildirish, muhokama etilayotgan masalalar va tayyorlangan hujjat loyihalari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etishi mumkin.

4.7. Kengash a’zolari taklif etilganlar bilan tanishtiradi, masalalar muhokamasini tashkil qiladi, so‘rovlar, ma’lumotlar, murojaatlar va takliflarni e’lon qiladi.

4.8. Kengash yig‘ilishi kun tartibi va uni o‘tkazish tartibini ko‘rib chiqish va tasdiqlashdan boshlanadi.

4.9. Ma’ruzalar uchun, odatda 15 daqiqa doirasida, muzokaralarda so‘zga chiquvchilarga 5 daqiqagasha, ma’lumot va axborotlar berish uchun 3 daqiqagacha vaqt belgilanadi. Zarur hollarda rais (raislik etuvchi) so‘zga chiqish uchun belgilangan vaqtni o‘zgartirishi mo‘mkin.

4.10. Kengash nomiga kelib tushgan shaxsiy ariza va ma’lumotnomalar yig‘ilish ishtirokchilariga rais (raislik etuvchi) tomonidan yig‘ilish oxirida yoki muhokama jarayonida bildirishi mumkin.

4.11. Muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha so‘zga chiqish raislik qiluvchining qarori bilan to‘xtatiladi, ko‘rilayotgan masala muhokamasi tugatilishi bilan ma’ruzachiga yoki hammaruzachiga xulosa uchun so‘z beriladi.

4.12. Kengash majlisida masalalarni muhokama qilish jarayonida bildirilgan ahamiyatga molik e’tiroz va takliflar ko‘rib chiqilishi lozim. Muhokama natijalari raislik etuvchi ko‘rsatmasi bilan majlis bayonnomasida qayd etiladi.

4.13. Ovoz yozish va stenografiya, video va foto tasvirga tushirish Kengash raisi (raislik etuvchi) bilan kelishilgan holda yoki Kengash qarori asosida amalga oshiriladi.

4.14. Ovoz yozish va stenogramma, video va foto tasvirga tushirish ishlarini tashkid etish filialning axborot texnologiyalari markazi xodimlari zimmasiga yuklanadi.

4.15. Ma’ruza va so‘zga chiquvchilarning ma’ruza matnlari Kengash majlisi yakunlanishi bilan Kengash kotibiga topshiriladi.

4.16. Kengashda ko‘riladigan masalalar bo‘yicha Kengash kotibiga qaror loyihalari va boshqa materiallar ushbu sohalarni boshqaruvchi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori o‘rinbosarlari huzuridagi kengashda ko‘rilgash, direktor o‘rinbosarlari tomonida imzolangan holda taqdim etiladi.

4.17. Kengashda ko‘riladigan masalani tayyorlashga ma’sul bo‘lgan shaxs uning mazmunidan kelib chiqqan holda, ushbu masalaga taalluqli bo‘lgan qonun va boshqa meyoriy hujjatlarni o‘rganib chiqadi. Kengash majlisida hisobat shaklidagi masalalar ko‘rilayotganda qaror loyihasiga bajarilgan ishlarga doir ma’lumotnoma hamda hisobat bo‘yicha materiallar asosida tayyorlangan slayd ilova qilinadi.

4.18. Kengashda ko‘rilayotgan masala yuzasidan (hujjatlarda boshqa tartib ko‘zda tutilgan bo‘lmasa) ovoz berish yoli bilan qaror qabul qilinadi.

4.19. Kengash yig‘ilishida Kengash a’zolarining 2/3 qismi ishtirok etganda Kengash Qarori haqiqiy (vakolatli) sanaladi.

4.20. Kengash qarori yig‘ilishida ishtirok etgan Kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan (hujjatlarda boshqa tartib ko‘zda tutilgan bo‘lmasa) qabul qilinadi. «Tarafdor» va «qarshi» ovozlar soni teng kelganda Kengash Raisining ovozi hal qiluvchi sanaladi.

  • KENGASH QARORLARI BAJARILISHINI NAZORAT QILISH

5.1. Kengash qorarlari ijrosi umumiy nazorat Kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.

5.2. Kengash qarorlari ijrosi ustidan bevosita nazorat, ulardagi topshiriqlar mazmunidan kelib chiqqan holda, ularni amalga oshirishga ma’sul etib belgilangan Kengash a’zolari zimmasiga yuklatiladi, shuningdek, joriy faoliyat davomida barcha Kengash a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.

5.3. Kengash doimiy ravishda o‘z majlislarida qabul qilingan qarorlarning ijrosi holatini ko‘rib boradi, ularning ijrosini nazorat qilishga ma’sul shaxslar, direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, monitoring va ishki nazorat bo‘limi hamda boshqa bo‘lim rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobatlarini eshitadi.

5.4. Kengash o‘z faoliyati yuzasidan muntazam ravishda yakunlar chiqaradi, shuningdek, Kengash qarorlarini tayyorlash va ularni amalga oshirishda Kengash a’zolarining ishtiroki bilan bog‘liq faoliyati natijalarini tahlil qiladi va majlislarda ko‘rib chiqadi.

5.5. Kengash muayyan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilgan ma’sul (javobgar) shaxslar o‘tgan o‘quv yilida qabul qilingan qarorlarning amalda bajarilishi yuzasidan Kengash oldida doimiy hisobat berib turadilar.

5.6. Kengash qarorlari filial direktorining buyrug‘i bilan ijroga kiritiladi.

Kengash kotibi                         A.Orazov

Loading

Foydali manbalar