BOSIM VA ZO’RAVONLIKKA YOL QOYMAYMIZ

Muallif: Gulsara Jartibaeva
Turkum: Yangiliklar
Sana: 22.11.2022

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «Biz zo’ravonlikka qarshimiz» shiori ostida seminar -trening bo’lib o’tdi. Seminarni Xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi O.Qdirniyazova boshqarıb bordi. Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarması boshlig’i o’rinbosari X.Rahmqulova va filial direktor maslahatchisi Q.Yakubovlar so’zga chiqib, bosim o’tkazish va zo’ravonlik illatining salbiy oqibatlari, zo’ravonliktan himoya qilishning huquqiy yo’llari haqida tushincha berib o’tdi.

Zo’rlik yoki bosim o’tkazish bu bir odamning ikkinchi bir odamga qarata ish-harakatlari ya’ni, u fizikalik taraftan bosim o’tkazish, ma’naviy taraftan bosim o’tkazish, shu jumladan, jinsıy va iqtisodiy zo’rlik (bosim o’tkazish yo’li bilan mablag’ o’ndirish) kabi ko’rinishlarda bo’ladi.

Ma’lumot uchun ta’kidlashimiz lozim, bosim o’tkazish, zo’ravonlik bu butun dunyo yuzi muammosi hisoblanib, bu salbiy illatning oldin olishda Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 25-noyabr sanasin «Xotin-qizlarga qarata zo’ravonlikka qarshi kurashish xalqaralıq kuni» dep belgilangan.

Tadbirda talaba-yoshlar zo’ravonlik bilan aloqador bo’lgan salbiy oqibatlar va ularga loqaydlik bilan qaramaslik, bunday harakatlardan avloq bo’lish kerakligi haqida ko’plab matumotlarga ega bo’ldi.

Filial matbuot xizmati.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...