Ayni vaqitlarda elimiz bo’ylab 2022-2023-o’quv yili uchun qabul qilish jarayoni bo’yicha ishlar qizǵin olib borilmoqda. 2022-2023 o’quv yili uchun mamlakatimizdagi 46 o’liy ta’lim muassasalarida farqli talant talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga qabul etishda abiturientlarga kasblik (ijodiy ) imtihonlar o’tkazilishi belgilangan.
Shu jumladan , O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida ham farqli talant talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga hujjat topshirgan abiturientlarga kasblik (ijodiy ) imtihonlar reja asosida bo’lib o’tmoqda. Filialda ijodiy imtihonlar ushbu yilning 30 -iyulidan boshlangan bo’lsa belgilangan rejaga asosan 9-avgust kuni eng sóngi imtihon o’tkazilishi belgilangan.
Ijodiy imtihonlarning shaffof turda bo’lib o’tishi uchun imtihon ótkaziladigan auditoriyalarga maxsus kameralar o’rnatilgan bo’lib, internet tarmog’idagi belgilangan manzil orqali to’g’ridan- to’g’ri nazorat qilish imkoniyati yaratildi.
Shu jumladan, abiturientlarning bilim va ko’nikmalarini baholash uchun tajribali professor -o’qituvchilar va mutaxassislar bekitilgan bo’lib, abiturientlarning ijodiy imtihonga tayyorgarliklari adolatli turda baholanib, ularning to’plagan ballari qisqa vaqtning o’zida filialning rasmiy veb-saytida yoritilib borilmoqda.
Shu o’rinda aytib o’tishimiz joiz abiturientlar kasblik (ijodiy ) imtihonlardan sóng majburiy uch fandan – ona tili (o’zbek, rus yoki qoraqalpoq tili ), matematika va O’zbekiston tarixi fanlari bo’yicha test sinovlarini topshiradi. Barcha abiturientlarga test sinovlari va kasblik (ijodiy ) imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tib, talaba bo’lish baxtiga sazovor bo’lishiga tilakdoshlik bildiramiz.




![]()