Talabalar filial axborot -resurs markazida

Muallif: Gulsara Jartibaeva
Turkum: Yangiliklar
Sana: 04.10.2023

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Texnogen va dramaturgiya san’ati» kafedrasi o‘qituvchisi G.Palvanova «Kino san’ati tanqidi va tahlili» mutaxassisligi 1-kurs talabalari bilan birgalikda filial axborot-resurs markazida bo‘ldi.

 Bu yerda kutubxona xodimlari talaba – yoshlarning kutubxonaga a’zo bo‘lishi, kitoblarni olishi, qaytarishi va boshqa qoidalar bilan tanistirib o‘tdi. Keyingi uch oy davomida kutubxona fondini boyitishda filial professor-o‘qituvchilari faol qatnashib kelmoqda. Xususan O.Qidirniyazova, J.Xojanov, G.Xodjametova, S.Baltaniyazov, Z.Yuldasheva va U.Abdullaevalar o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

 Filial axborot-resurs markazining fondida16469 kitob bor bo‘lib, 2550 darslik, 5050 o‘quv qo‘llanma, 5885 badiiy adabiyot, 3284 nusxadagi boshqa  adabiyotlarga ega. Jamg‘armadagi hamma darslik va o‘quv qo‘llamalarni unilibarary.uz platformasina joylashtirish ishlari olib bormoqta.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...