Kafedra tarixi
Filial 2008-yilda tashkil topgan boʻlib, asosan «Ijtimoiy -gumanitar, aktyorlik san’ati va san’atshunoslik» kafedrasi 2014-yilga qadar faoliyat yuritib kelgan. 2014-2015 oʻquv yilida filial kontingentini hisobga olgan holda «Rejissyorlik va aktyorlik mahorati» va «Ijtimoiy-gumanitar va san’atshunoslik» kafedrasi boʻlib ikkiga boʻlinadi. «Rejissyorlik va aktyorlik mahorati» kafedrasi «Drama teatri va kino aktyorligi», «Musiqali teatr aktyorligi», «Musiqali teatr rejissorligi», «Estrada aktyorligi», «Dramatik teatr rejissorligi» va «Qoʻgʻirchoq teatri rejissyorligi» mutaxasisliklarini oʻz ichiga olgan.
2023-yil 9-oktyabrdan e’tiboran «Rejissura san’ati» kafedrasi boʻlib qayta tashkillashtirildi.
Kafedra professor – oʻqituvchilarining tarkibi
Asosiy:
- Nazarımbetov Bazarbay – kafedra baslıǵı, dotsent
- Ańsatbaev Najimatdin – professor
- Qudaybergenov Alibek – assistent-oʻqituvchi
- Qazaqbaeva Ramuza – katta oʻqituvchi
- Tashkenbaeva Madina – assistent-oʻqituvchi
- Urazbaev Damir – assistent-oʻqituvchi
- Yusupbaev Maxmud – Docent
- Mambetniyazov Dawletyar – oʻqituvchi
- Allamuratova Damegul – oʻqituvchi
Oʻrindosh:
- Zamatdinov Adil – assistent-oʻqituvchi
- Jumaniyazova Gulsara – docent
- Utepbergenov Aydos – docent
- Pirleshova Júzimgúl – oʻqituvchi
- Qudaynazarov Amangeldi – assistent-oʻqituvchi
Kafedraning ilmiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida tadqiqot ishlarini olib borayotgan professor-oʻqituvchilarining ilmiy faoliyatlari mavzulari:
Urazmbetova Liza – Qoraqalpogʻistonda bolalar teatrining yosh oʻsmirlar man’aviy rivojlanishida tutgan oʻrni
Zamatdinov Adil – Qoraqalpoq teatri san’atida milliylik va uning yoshlarning oʻzligini anglashini shakllantirib tarbiyalashdagi tutgan oʻrni.
Utepbergenov Aydos – Qoraqalpoq musiqali dramalarida sahna nutqi masalalari (1990-2018-yillar)
Yusupbaev Maxmud – Qoraqalpoq kinosining tarixi (1970-2020-yillar)
Xorijiy davlatlar bilan hamkorlik:
Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktorining 2023-yil 9-noyabr №106 x/s sonli buyrugʻi asosida «Rejissura san’ati» kafedrasi mudiri, docent L.Urazmbetova, «Aktyorlik mahorati» kafedrasi oʻqituvchisi M.Tajigalieva, 2-kurs «Estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi» mutaxassisligi talabasi Shaxsanem Urazimbetova va 2-kurs «Qoʻgʻirchoq teatr aktyorligi» mutaxassisligi talabasi Duysenbaeva Gulbanu – Muxtar Avezov nomidagi Janubiy–Qozogʻiston universiteti bilan ilim va ta’lim soxasini rivojlantirish, hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tuzilgan shartnomaga asos akademik mobillik dasturi doirasida mahorat darslarini oʻtib qaytdi.
Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari roʻyxati:
- 60211200 – Rejissorlik (Drama teatri rejissyorligi)
- 60211200 – Rejissorlik (Qoʻgʻirchoq teatri rejissyorligi)
- 60211200 – Rejissorlik (Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi)
- 60211200 – Rejissorlik (Kino va televideniye rejissorligi)
Magistratura ta’lim yoʻnalishlari roʻyxati:
- 70211201 – Rejissorlik (Estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi)
Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:
Rejissura
Sahna nutqi
Sahna jangi
Aktyorlik mahorati
Dramatik teatr rejissorligi
Rejissorlik va aktyorlik san’ati asoslari
Folklor asarlarini sahnalashtirish
Qoʻgʻirchoq teatri rejissorligi
Qoʻgʻirchoq yasash texnologiyasi
Qoʻgʻirchoq yasash asoslari
Rejissorning ijodiy jamoa bilan ishlashi
Estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasi
Kino, teledramaturgiya va rejissura asoslari
Grim
Montaj
Kino va televidenie tarixi
Pantomima
Ssenografiya
Kafedraning ilmiy ishlari:
- 1 monografiya
- 5 oʻquv qoʻllanma
- 3 darslik
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
- madaniyat va san’at muassasalari
- muzeylar
- madaniyat markazlari
- teatrlar
Kafedra ilmiy faoliyati
2022 – yil 20-mayda Yangi Oʻzbekistonda ta’lim – tarbiya, madaniyat va ma’naviyat tizimini rivojlantirishning vazifalari mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi oʻtkazildi.
2026-yil 26-27-fevral kunlari “Teatr va tomoshabin: muammolar va yechim” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.
2026-yil 6-7-sentyabr kunlari “Jahon madaniyati – barqaror taraqqiyot omili sifatida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
- Kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan VAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar – 29
- Kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy konferentsiyalarda chop etilgan tezislar – 16
- Kafedra professor oʻqituvchilar tomonidan Respublika ilmiy konferentsiyalarda chop etilgan tezislar – 21


























