Teatr san’ati fakulteti

Fakultetdagi kafedralar

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali kengashining 2023 yil 6 oktyabr kungi navbatdan tashqari 3-sonli majlisining qarori bilan «Teatr san’ati» fakulteti tashkil etildi. Fakultetda 3 ta kafedra bo‘lib, ulardan: «Aktyorlik mahorati,» «Rejissura san’ati» va «Vokal» kafedralari birlashtirildi. Fakultet dekani lavozimiga «Xalq ijodiyoti» fakulteti Xalq ijodiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Daniyar Otarbaev «Teatr san’ati» fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi, o‘quv ishlari bo‘yicha B.Rajapbayev va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha N.Bekmuratovlar fakultet dekani o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.

 

2023-yil 27-oktyabr kungi navbatdagi 1-sonli fakultet majlisining qarori bilan fakultet kengashi tuzildi. Fakultet kengashida fakultet O‘quv ishlari va Yoshlar masalalari bo‘yicha yillik va o‘quv yili rejasi tasdiqlandi. Rejaga muvofiq bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar mas’ullarga biriktirildi. Fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha ishlarini olib borish uchun maslahatchi etib D.Ermanova tayinlandi. Fakultet tyutorlari etib M.Bekmuratov va S.Kaliyev tasdiqlandi. Fakultet yoshlar yetakchisi etib B.Maratov tasdiqlandi.

 

Fakultet bo‘yicha 34 professor o‘qituvchi asosiy shtat va 8 professor-o‘qituvchi qo‘shimcha ishlovchi, shu jumladan 42 o‘qituvchi talabalarga ta’lim bermoqda. Shundan: professor – 7 nafar, dotsent – 7 nafar, katta o‘qituvchi – 8 nafar, assistent – 20 nafar.

Ilmiy darajasi – 55,5% fayz tashkil etadi. O‘quv soatlari 2025-2026 o‘quv yili fakultet bo‘yicha soat 45,5 shtat birligi.

Foydali manbalar

Загрузка...