Videoselektirdan keyin bajariladigan vazifalar belgilab olindi

Muallif: Gulsara Jartibaeva
Turkum: Yangiliklar
Sana: 25.06.2024

Xabaringiz bor joriy yil 20-iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida “Inno” innovatsion va ishlab chiqarish ta’lim texnoparkiga borib, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy o‘quv yurtlari ishini yanada yuksaltirish masalalari bo‘yicha videoselektor majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Videoselektorda Prezidentimiz tarafidan belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlay, san’at va madaniyat instituti Nukus filialida majlis bo‘lib o‘tdi.   Majlisga direktor o‘rinbosarlari, dekan va kofedra mudirlari ishtirok etdi. Tadbirda filial direktori filologiya fanlari nomzodi A.Ayapov so‘zga chiqib,  videoselektorda aytilib o‘tilgan masalalardan kelib chiqib, ilm, ta’lim, innovatsion ishlar dasturlarida ishlarni yuksaltirish kerakligini aytib o‘tdi. Shuningdek, majlisda bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, professor o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy yo‘nalishlar, ilmiy ishlarga patent olish, ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birga ishlash dasturidagi ishlarni yanada rivojlantirish haqida aytib o‘tdi.

Tadbir yakunida yuqorida aytib o‘tilgan masalalarni o‘z vaqtida bajarish kerakligi ta’kidlanib, bu bo‘yicha vazifalar belgilab olindi hamda ushbu masalalar bo‘yicha javobgar shaxslarga topshiriqlar berildi. 

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...