1-BOSQICH TALABALARI UCHUN SENTABR VA OKTABR OYI IJARA PULLARI SHARTNOMASIZ HAM TO’LAB BERILADI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 12.09.2024

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son (https://lex.uz/docs/-5657191)qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1.  Kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi.
2.  Shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3. “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Loading

Foydali manbalar