Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan har yili yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xon atlas haftaligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 9-14 sentyabr kunlari yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan navbatdagi “Xon atlas haftaligi” tadbirlarida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali xodimlari va talaba yoshlari ham faol ishtirok etmoqda.



Tashkilotning xotin-qizlar jamoasi qat’iy kiyinish qoidalariga milliy atlas va adras liboslarini uyg’unlashtirdi. Bu esa o‘z navbatida, xodimlar qiyofasiga joziba va milliy meros bilan faxrlanish hissini uyg’otdi. Kiyimlarga yorqin ranglarni kiritish inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir etib, yorqin muhitni yaratadi.



“Xon atlas” milliy filialimizda ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
![]()