Diqqat_E’lon

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 08.04.2025

Hurmatli Filialimizning talaba yoshlari!

Sizda «Yozgi tadqiqotlar stipendiyasi» sohibi bo‘lish imkoniyati bor.
Turkiyaning xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar bo‘yicha boshqarmasi (YTB) va Sabanji (Sabancı) universiteti bilan hamkorlikda «Yozgi tadqiqotlar stipendiyasi» dasturi e’lon qilingan bo‘lib, u 2025 yilning 7 iyul sanasidan 28 avgustigacha davom etadi.

Dasturda butun O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Jumladan, Siz ham ishtirok etib, o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing va «Yozgi tadqiqotlar stipendiyasi» sohibiga aylaning!
Shoshiling! Arizalar joriy yilning 11 aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.

Dastur haqida to‘liq ma’lumot olish va ariza topshirish quyidagi havola orqali:

https://pure.sabanciuniv.edu.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...