2024-2025-O‘QUV YILI YAKUNLARI BO‘YICHA FILIAL KENGASHINING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 01.07.2025

Joriy yil 28 iyun kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari tarkibidagi kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.


Tadbirni filial direktori, filologiya fanlari nomzodi A.Ayapov boshqarib bordi va kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng, «Filialda ijro tartibida hujjatlarning bajarilishi to‘g‘risida» Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Sh.Doshanovning, «2024-2025-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, 2025-2026-o‘quv yili uchun ishchi o‘quv rejalar, ishchi fan dasturlari, shuningdek, kafedralarning 2025-2026-o‘quv yiliga hujjatlar to‘plamini tasdiqlash masalalari, to‘lov-shartnomalarining bajarilishi bo‘yicha» O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Shaniyazovning, «2024-2025-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar, Dolzarb 90 kunlik doirasidagi tadbirlar, 2025-2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishda talabalarni ijaraga uylarga joylashtirish bo‘yicha lokatsiya yaratish masalalari to‘g‘risida» Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Abatbayevning ma’ruzalari tinglandi, shuningdek, «2024-2025-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha Filial Xotin-qizlar Kengashi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Filial boshlang‘ich tashkilotining yillik hisobotlari ko‘rib chiqildi.


Yig‘ilishda joriy masalalar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini muhokama qilish, nashriyotga va muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish masalalari ko‘rib chiqilib, xulosa qabul qilindi. Yig‘ilish yakunida filial kengashida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.

Loading

Foydali manbalar