Bugun 25 noyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «Kiberxavfsizlik» bo‘yicha filial talaba-yoshlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda ko‘pchilik fuqarolar kiber jinoyatlarning qurboniga aylanib qolayotganligi, shuningdek bank plastik kartalarining kodlarini o‘zgalarga ya’ni firibgarlarning tuzog‘iga tushib aldanib qolayotganlar bo‘yicha misollar keltirildi hamda talaba-yoshlarga bunday firibgarlarning qurboniga aldanmaslik bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi.
Tadbir davomida filial talaba-yoshlariga kiber jinoyatchilik bo‘yicha videoroliklar qo‘yib ko‘rsatildi va soxta smslar, qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslik hamda o‘zlari haqida ma’lumot bermaslik haqida tushuntirildi.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
![]()