QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGANIGA 32 YIL TO‘LDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 24.12.2025

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyasi 1993-yil 24-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining XIV sessiyasida «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bu yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi. Bayram tadbirlari respublikamizning barcha joylarida ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Sana munosabati bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Shundan so‘ng filial direktori v.v.b Q.Yusupov, «Xalq ijodiyoti» fakulteti dekani Q.Turdiyevlar so‘zga chiqib, davlatimiz ramzlari, jumladan, madhiyamizning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, har bir davlatning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi – o‘sha mamlakat suverenitetining ramzidir. Ushbu davlat ramzlari orqali biz o‘zligimizdan g‘ururlanamiz, ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlaymiz. Xalqimiz o‘tmishi, milliy-madaniy an’analari, qadriyatlari, tinchlik va millatlararo totuvlik kabi fazilatlarni o‘zida mujassam etgan madhiya o‘zligimizni ulug‘lashda, yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, shuningdek, ularning har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib yetishishida tarbiyaviy ahamiyatga ega vosita sifatida xizmat qilib kelmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tadigan bo‘lsak, davlat madhiyasi muallifi O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupovga tegishli bo‘lib, musiqasini mashhur kompozitor Najmiddin Muhammeddinov yozgan.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...