Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda filial ma’muriyati xodimlari, fakultet dekanlari, kafedra va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Tadbirni filial direktori Q.Yusupov boshqarib bordi.
Tadbirda xatlarning ijrosi, grant masalalari, yo‘l xaritasidagi bandlarning bajarilishi, HEMS masalasi, kontrakt to‘lovlari, talabalarning darsga qatnashishi, ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, kiyinish madaniyati va boshqa ko‘plab masalalar aytib o‘tildi.
Tadbir yakunida tegishli mutasaddilarga topshiriqlar belgilab berildi.
![]()