Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «Direktor va yoshlar» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda filial direktori Q.Yusupov, Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Utepbergenov, «Teatr san’ati» fakulteti dekani D.Otarbayev, dekan o‘rinbosari N.Bekmuratov, «Rejissura san’ati» kafedrasi mudiri L.Urazimbetova, «Aktyorlik mahorati» kafedrasi mudiri B.Nazarimbetov va shu fakultetning bitiruvchi talaba yoshlari ishtirok etdi.
Tadbirda filial direktori Q.Yusupov so‘zga chiqib, filialimizda olib borilayotgan ishlar, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar haqida keng ma’lumot berdi. Xususan, yoshlarni ilm olish yo‘liga keng jalb etish, zamonaviy o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tizimli tashkil etish borasidagi ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng, talaba-yoshlarning fikr-takliflari tinglanib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – talaba-yoshlarning fikr va takliflarini eshitish, ularning talab va ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, filial talabalari hayotidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishdan iborat.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
![]()