O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda filial direktori Q.Yusupov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Shaniyazov, Xalq ijodiyoti fakulteti dekani Q.Turdiyev va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Q.Kalekeevlar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yasharish va yangilanish faslining ilk bayrami bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarni alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida mahalla xotin-qizlariga bayram sovg‘alari topshirildi.
![]()