XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI BOSHLIG‘I «GRANT WRITING» MAVZUSIDAGI INTENSIV O‘QUV-SEMINARIDA ISHTIROK ETMOQDA

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 13.05.2026

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Assotsiatsiya xodimlari va unga a’zo NNT vakillari uchun tashkil etilgan “Grant writing” mavzusidagi intensiv o‘quv-seminari boshlandi.  

Ishtirokchilar AQSHning Appalachian State University professori Jessi Lutabingva rahbarligida loyiha ishlab chiqish va xalqaro grant yozishning muhim jihatlarini o‘rganmoqdalar. Ushbu seminar interaktiv va amaliy yo‘naltirilganligi bilan ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otmoqda.

Trening yakuniga qadar ishtirokchilar o‘zlarining grant yozish mahoratini yangi bosqichga olib chiqishlari va olgan bilimlarini o‘z tashkilotlari rivoji uchun tatbiq etishlari kutilmoqda.

Gulmira Axmetova.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...