O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi doirasida oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari rahbarlari hamda ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassislar ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini yanada oshirish, ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, hududlararo hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy va ijodiy faoliyatni rivojlantirish hamda zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. O‘quv-seminari doirasida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish va madaniyat hamda san’at ta’limi rivojining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi.




Filial matbuot xizmati
![]()