O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti — Nukus filiali O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali uzdsmi-nf.uz

JABBORBERGEN XO‘JANOV 70 YOSHDA

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Kategoriya: Yangiliklar
Sana: 17.09.2026

Bugun Qoraqalpoq davlat Yosh tomoshabinlar teatrida qoraqalpoq san’ati va madaniyati jonkuyari, teatr tanqidchisi, dramaturg, professor Jabborbergen Xo‘janovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «Qoraqalpoq dramaturgiyasi: kecha, bugun, ertaga» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada san’at va madaniyat sohasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni filial direktori K.Yusupov kirish so‘zi bilan ochdi va J.Xojanovning qoraqalpoq san’ati va madaniyati, shuningdek, fan-ta’lim sohasiga qo‘shayotgan ijodiy mehnatlarini alohida ta’kidladi.

Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B.Xudayshukurov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi N.Muhamatdinov, O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor N.Ansatbayev, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi M.Nizanov va boshqalar so‘zga chiqib, yubiley egasining hayoti va uning ezgu fazilatlari, shuningdek, ijod yo‘lidagi mehnatlarini tilga oldi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, J.Xojanov o‘zining noyob iste’dodi, boy dunyoqarashi bilan xalqimizning betakror san’ati va madaniyatini, jumladan, adabiyot, teatr va dramaturgiya san’atini rivojlantirishda salmoqli o‘rin tutadi. U ijodi davomida o‘ndan ortiq pyesalar yaratib, shu bilan birga, «Parvoz» va «Uzoq sayyoradagi qisqa vaqt» nomli fantastik qissalari nashrdan chiqdi.

J.Xo‘janov san’at va madaniyat sohasi rivoji yo‘lida xizmat qilibgina qolmay, bugungi kunda ilm-fan va ta’lim sohasida yoshlarga ustozlik qilib, o‘ndan ortiq o‘quv qo‘llanma va 50 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etildi. Albatta, bu ilmiy ishlar sohaning taraqqiyotida, shuningdek, filialda ta’lim olayotgan yoshlarning nazariy bilimini oshirishda muhim sanaladi.

Konferensiya filial talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...