O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti — Nukus filiali O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali uzdsmi-nf.uz

«IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar» tanlovining filial bosqichi bo‘lib o‘tdi

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Kategoriya: Yangiliklar
Sana: 29.09.2026

Joriy yilning 28-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida institutda talaba-qizlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar» tanlovining filial bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov filial Xotin-qizlar kengashi va Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-qizlar ishtirok etib, dasturiy ta’minot, veb-yangilanishlar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, avtomatlashtirilgan tizimlar, aqlli qurilmalar va IT yo‘nalishlaridagi bilim va loyihalarini namoyish etdi.

Tanlovda yuqori natijalarni ko‘rsatgan ishtirokchilar keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Barcha ishtirokchilarga kelgusi bosqichlarda omad va zafarlar tilaymiz.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

★ Загрузка...