
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Sana munosabati bilan bugun Toshkent shahrida madaniyat va san’at sohasida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh soha xodimlari «Madaniyat va san’at fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlar orasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Vokal» kafedrasi professori G.Xodjametova, «San’atshunoslik» kafedrasi dotsenti M.Xojanova va Magistratura bo‘limi boshlig‘i B.Sultamuratovlar «Madaniyat va san’at fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Biz ham o‘z navbatida kasb bayrami munosabati bilan taqdirlagan hamkasblarimizni jamoamiz nomidan tabriklab, kelgusi ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Filial matbuot xizmati
![]()