O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan tuzilgan o‘zaro shartnomaga asosan akademik tajriba almashish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ayni paytda filialning bir qator professor-o‘qituvchilari M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida 144 soatlik malaka oshirish kursini o‘tamoqda.




Filial matbuot xizmati
![]()