O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti — Nukus filiali O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali uzdsmi-nf.uz

Filial Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Kategoriya: Yangiliklar
Sana: 03.10.2026

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida Filial Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirni filial direktori K.Yusupov boshqarib bordi va kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, filial talaba-yoshlarining ta’lim-tarbiyasini takomillashtirishga qaratilgan odob-axloq Kodeksining mazmun-mohiyati bo‘yicha Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Utepbergenov, 2026-2027 o‘quv yilida o‘quv rejasiga muvofiq yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish masalalari bo‘yicha O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Turdiyev, Grant loyihalarini tayyorlash, ilmiy maqolalarni nashr etish masalalari bo‘yicha Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Esemuratovning, shuningdek, Kafedralarning ilmiy faoliyat, grant-loyihalari va investitsiya bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari haqida «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri D.Paxratdinovlarning axborotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida galdagi vazifalar belgilab olindi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Xizmatlarni baholash