O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida talabalar ishtirokida «Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!» ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda Tadbirda Din ishlari qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Xudoybergan Nizamatov, din ishlari bo‘yicha xotin-qizlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Hurayim Ibrayimova, xotin-qizlar bo‘yicha direktor maslahatchisi O.Kidirniyazova va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida ma’rifat ruhini kuchaytirish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, jamiyat barqarorligiga tahdid soladigan yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga qaratildi.
Uchrashuvda bir qator mas’ullar, ishtirok etib, talaba-yoshlarga diniy bag‘rikenglik tushunchasi, turli zararli oqimlarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri bo‘yicha muhim ma’lumotlarni yetkazdi.




Filial matbuot xizmati
![]()