Joriy yilning 14-oktyabr kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida saylov huquqi, saylovlarning ahamiyati haqida «Saylov va yoshlar» shiyori ostida, saylov oldi targ’ibot-tashviqot chora tádbirlari o’tkazildi.
Tádbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatı huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, «Yuksalish» umum milliy harakati Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bólimi koordinatorı Ǵ. Seytekov tomonidan Prezident saylovining ahamiyati, saylov kodeksi, saylov qonunchiligiga kiritilgan o’zgarishlar hamda qo’shimchalarning mazmun va mohiyati haqida málumatlar berildi. Shuningdek, yoshlar – saylovlarga yurtimiz hayotidagi eng muhim, jamiyatimizning barsha jabhalarinda ro’yobga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyati, har bitta saylovchi Prezident saylovida faol qatnashichi kerakligi ta’kidlandi.


Tádbir dovomida talabalar ózlarining qiziqtirgan sovalariga javoblar oldi.
O’zDSMI Nukus filiali matbuot xizmati
![]()