![]() | Xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ish tashkiloti boshlig`i: Kidrniyazova Oralxan Asamatdinovna tel: +99891-3715021 email: qidirniyazova@umail.uz |
O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti Nukus filiali xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti 2011 yil 16 iyuldagi O`zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasining XXXIX Rayosati Qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti faoliyati» haqidagi Nizomga muvofiq 2011 yilning avgust oyida qayta tashkil qilindi.
Boshlang`ich tashkilot qoshida «Kizlarjon» klubi, «Orasta qizlar» to`garagi, «Psixologiya» markazlari tashkil etilgan. Filial fakul`tetida boshlang`ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyat olib boradi.
Xotin-qizlar qo`mitasining eng asosiy bo`g`ini – Boshlang`ich xotin-qizlar tashkiloti hisoblanadi.
Boshlang`ich tashkilot o`z a`zolari orasidan ijtimoiy sohada mehnat qiluvchi rais va uning muovinlarini saylaydi. Boshlang`ich tashkilotlar ijtimoiy sohada, ya`ni ish haqi belgilanmagan, o`quv yurtining korxona va tashkilotlarning ichki imkoniyatlari hisobidan yoki o`quv yurti, korxona, tashkilot rahbarlarining xotin-qizlarga bo`lgan e`tiboriga muvofiq ish haqi belgilanadi va ish olib boradi. Boshlang`ich tashkilot o`z faoliyatini O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasining Nizomiga asosan amalga oshiradi. Tegishli hududdagi xotin-qizlar qo`mitasining Rayosatiga tobe` bo`ladi va unga hisobot beradi.
Boshlang`ich tashkilotning faoliyatiga O`zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasining XXXIX Rayosati Qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti faoliyati» haqidagi Nizom huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.
1. Boshlang`ich xotin-qizlar qo`mitasining Qonuniy vazifalari quyidagilar:
Xotin-qizlarning jamiyatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini oshirish. Xotin-qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish. Milliy va ma`naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash. YOshlarni ma`naviy barkamol, g`oyaviy kurashchan, millat va mamlakat ravnaqi yo`lida o`z kuchini ayamaydigan etuk inson qilib tarbiyalash, sog`lom turmush tarzini shakllantirish.
2. Boshlang`ich xotin-qizlar tashkiloti olib boradigan ishlarning asosiy yo`nalishlari.
Filial xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti xodimlari tarkibi
Filial fakul`teti boshlang`ich xotin-qizlar tashkiloti raisi haqida ma`lumot
![]()