1. +998-61-224-29-02 / fart_info@edu.uz
  2. +998-91-394-96-77 / fart-info@exat.uz
uzdsminf

Xalqaro aloqalar bo’limi

Sultamuratov Begis Utebaevich
Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i

Telefon: +998913944183
E-mail: nukusbranch.uzsiac@gmail.com

Xalqaro hamkorlik bo’limi haqida

O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti Nukus filiali Xalqaro hamkorlik bо’limi 2020 yilda tashkil etilgan bo‛lib, bo‛lim Filialning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yо’lga qо’yish, eng sо’nggi о’quv va ilmiy tajribalarni о’rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va professor-о’qituvchilarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga, bо’lim xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda о’quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan. Ushbu bо’lim san’at va madaniyat sohasida xorijiy mamlakatlar bilan о’zaro tajriba almashishga va institut talabalarining nufuzli xalqaro kо’rik-tanlovlarida ishtirok etishiga zamin yaratishga yо’naltirilgan.

Xalqaro aloqalar bo’limining maqsadi va vazifalari

Xalqaro hamkorlik

Hozirgi kunda О’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali tomonidan 5 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Rossiya Federatsiyasi:

  1. Z. Ismailov nomidagi Ufa davlat san’at instituti

Qozog’iston Respublikasi:

  1. M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universiteti
  2. M. Dulati nomidagi Taraz davlat universiteti
  3. Abay nomidagi Qozog‛iston davlat pedagogika universiteti
  4. Qozog’iston regional ijtimoiy-innovatsion universiteti

 1,116 

Paydalı derekler