1. +998-61-224-29-02 / fart_info@edu.uz
  2. +998-97-788-94-55 / fart-info@exat.uz
uzdsminf

Kadrlar bo’limi

Bo’lim to’grisida umumiy ma’lumot

Xodimlar bo’limi O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialining mustakil tarkibiy kismi xisoblanadi.

Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’grisidagi konuni»ga, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga, Oliy ta’lim to’grisidagi Nizom va universitet Nizomiga xamda Mexnat Qonunchiligi me’yoriy hukukiy xujjatlariga, universitet Rektori buyruqlariga, ko’rsatmalariga, yo’riqnomalariga xamda mazkur Nizomga amal qiladi.

Xodimlar bo’limi «Xodimlar bo’limi» kabi yumaloq muxrga ega.

Bo’lim bevosita institut direktoriga bo’ysunadi.

Bo’limning asosiy vazifalari

Ishga olingan xar bir xodim va professor-o’qituvchilar o’rtasidagi mexnat shartnomalari, xodimlarning mexnat daftarchalarini xamda faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish.

Institut professor-o’qituvchilari, o’quv-erdamchi va ma’muriy xo’jalik-xodimlarini o’rnatilgan tartibda ishga olish, boshqa ishga o’tkazish, vazifasidan ozod etish bo’yicha buyruq loyixalarini tayyorlash.

Professor-o’qituvchi va xodimlarning qo’nimsizligini taxlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o’rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko’rsatkichlarni o’rganish.

Institut professor-o’qituvchilari xamda fakul’tet dekan va dekan o’rinbosarlarini davlat attestatsiyasini tashkil etishda ko’maklashish.

Institut nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida raxbariyatga takliflar berish.

Institut xodimlarini vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkillashtirishda raxbariyatga taklif kiritish.

Kadrlar bo’limi xodimlarining vazifalari

Direktor nomenklaturasiga kiradigan administrativ-boshqaruv, muhandis-texnik, o’quv-yordamchi, va ma’muriy-xo’jalik xodimlari tarkibini institut rahbariyati bilan birgalikda tanlash va mexnat qonunchiligi me’yorlariga asoslangan xolda rasmiylashtirish.

Direktor nomenklaturasiga qarashli institut xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o’tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishni o’z vaqtida rasmiylashtirishni tashkil kilish, shuningdek yukori idora nomenklaturasiga kiruvchi xodimlarni mansablarga tasdiqlash uchun hujjatlarni taqdim etish.

Institut talabalari va xodimlarining shaxsiy xujjatlarni yurgizilishini nazorat qilish.

Belgilangan me’yoriy xujjatlar asosida institut xodimlarining statistik xamda shaxsiy hisobini nazorat qilish.

Mexnat daftarchalarini yurgizishni O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga rioya qilgan holda xisobini olib borishni nazorat qilish.

Shtatlar jadvaliga binoan hodimlarni ishga olish, boshqa doimiy ishga o’tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilishda mexnat qonunchiligiga amal qilgan xolda yechim qabul qilish.

Xodimlarning mexnat intizomi va ichki mehnat qoidalari tartibiga rioya qilishlarini institut kasaba uyushmasi bilan birgalikda nazoratini tashkil etishda ishtirok qilish.

Institut attestatsion komissiyalarining ishlarida qatnashish.

Kadrlar zaxirasini tashkil qilishda qatnashish.

Professor-o’qituvchilar tanlovini tashkil qilish va bo’sh lavozimlarni egallash uchun tanlovdan o’tuvchi professor-o’qituvchilar ro’yxatini tayyorlash.

Tarifikatsion komissiyada qatnashish va ilmiy-pedogogik stajga ko’ra institut xodimlariga oylik maoshlarini belgilash bo’yicha buyruk loyixalarini tayyorlash, shuningdek, kasaba uyushmasi bilan birgalikda institut hodimlari va ularning oilalariga nafaqalar belgilash uchun hujjatlar tayyorlash, ijtimoiy ta’minot organlariga ularni taqdim etish.

Institutda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga guvohnoma va ma’lumotnomalar berish (berish tartibini va unga mutasaddi shaxsni rektor belgilaydi).

 752