![]() | Турдыев Бахтыяр Бердиханович O’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i Telefon: +99890- 736- 78- 85 E-mail: baxtyyar@mail.ru |
Yurtimizda Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratılmoqda. Bu e’tibor tufayli bugungi kunga kelib talaba yoshlarimizning dunyo standartlariga to‘liq javob beradigan bilim olishi, Vatannı sevish ruhida tarbiyalanishi, professor-o‘qituvchilarimızning sifatli bilim berishi, o‘zining malakasini uzliksiz oshirib borishi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.
Ayni vaqtda filialimizda 1 fakultet, 5 kafedra mavjud bo‘lib, 9 bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talaba yoshlarga professor-o‘qituvchilarimiz ta’lim bermoqda.
Hozirgi kunda filialning O‘qiv-metodik bo‘limida 1 bo‘lim boshlig‘i, 1 metodist 1 inspektor faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘qiv-metodik bo‘limi O‘qiv ishlari bo‘yicha director o‘rinbosari rahbarligida dekanat va kafedralar bilan birgalikda quyidagi ishlarni olib boradi:
• O‘qish jarayoniga tegishli yuqori tashkilotlarning qaror va topshiriqlari, vazirlikning qaror, farmoyish, topshiriqlarining ijrosini ta’minlash;
• Davlat standart talabiga mos va filial imkoniyatlari, ishlab chiqarish talablari hisobga olinib ishlab chiqilgan bakalavr yo’nalishlari va magistr mutaxassisliklari uchun o‘quv rejalarini tasdiqlashga tayyorlash;
• Bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun ularning o‘quv rejalariga mos fanlarni o‘qitishning fan dasturlarini tayyorlab tasdiqlashga tayyorlash;
• Umumiy filial o‘quv yuklamasi va talabalar kontingentini xisobga olgan holda kafedralar shtat birligini aniqlash va me’yoriy-hujjatlarga mos professor -o‘qituvchilar tarkibiga ishga olishni taklif etish;
• Davlat attestaciya komissiyalari rahbarlarini tasdiqlashga nomzodlarni taklif etish;
• Davlat attestaciya komissiyalari tarkibini tuzishga taklif tayyorlash va ularning ishini nazorat qilib borish;
• Davlat standartiga mos o‘quv rejalardagi bloklar bo‘yicha talabalarning darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari v.b. adabiyotlar bilan ta’minlanganligini o‘rganib borish;
• O‘quv rejadagi fanlardan to‘liq o‘quv metodik majmualari bilan ta’minlash, ularni yangilab va takomillashtirib borish;
• Talabalar bilimini nazorat qilishning reyting tizimi bo‘yicha yuritilishini, uning ichida yozma ish turini joriy etishni takomillashtirish va ularning tartibga mos yuritilishini nazorat qilib va tahlil qilib borish;
• Professor-o‘qituvchilarning mutaxassisligini oshirish va ilmiy salohiyatini oshirishning yillik va taqvimiy rejalarini ishlab chiqish;
• Filial kengashiga yangi kafedralar, fakultetlar, mutaxassisliklar ochish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• Dekanat va kafedralarning yangi o‘quv yiliga tayyorligini nazorat qilish va shu jumladan bundan boshqada ishlarni olib boradi.
Alohida ta’kidlashimiz zarur, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan ro‘yobga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi yoshlarning teran bilim olishi, kasb-hunar sirlarini teran o‘zlashtirish uchun yetarli imkoniyat yaratishni ta’minlashga qaratilgan. Shunday ekan, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan maqsadli foydalangan holda o‘z bilimini oshirish va olgan bilimlarini Vatanimizning rivoji yo‘lida foydalanishimiz lozım.