![]() | SULTAMURATOV BEGIS UTEBAEVICH Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i E-pochta: nukusbranch.uzsiac@gmail.com |
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialining Xalqaro hamkorlik bo‘limi 2022-yilda tashkil etilgan. Bo‘lim filialning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot, madaniyat va san’at sohasidagi eng so‘ngi o‘quv va ilmiy tajribalarini o‘rganish va amaliyotga joriy etish, talaba va professor-o‘qituvchilarni jahonning nufuzli OTMlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida tajriba oshirishi, akademik almashinuv va ta’lim loyihalarini amalga oshirish kabi ishlarni amalga oshiradi.
XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI MAQSAD VA VAZIFALARI:
-Turdosh xorijiy oliy ta’lim muassasalari, markazlari va tashkilotlari bilan har tomonlama hamkorlikni o‘rnatish, hamkorlik Memorandumi va Shartnomalarni imzolash va ularning bajarilishini ta’minlash;
-Jahon tajribalaridan foydalanish maqsadida o‘quv jarayoniga xorijiy professor-o‘qituvchilarini, etakchi mutaxassisllarni ham da O‘zbekistonda akreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillarini jalb etish;
-Iqtidorli talabalarni xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olish uchun yuborish va xorijiy fuqoralarning filialda o‘qishga o‘zaro ikki tomonlama shartnomalar va boshqa kelishuvlar asosida jalb etish;
-Xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari va seminar-treninglar o‘tkazish;
-Filial kafedralari bilan birgalikda xorijiy OTMlar va tashkilotlarning vakillari ishtirokida xalqaro tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish;
-Oliy ta’lim tizimida xorijiy OTMlar, tashkilotlar, markazlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning ruxsati bilan xalqaro shartnomalar va memorandumlar asosida xorijiy hamkor tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish;
-Filialning yosh tadqiqotchilari, mutaxassislari va professor-o‘qituvchilarini xorijiy OTMlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tajriba oshirish, stajirovka kurslarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratish;
-Xorijiy jamg‘armalar, ta’lim tashkilotlari, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan ajratiladigan moliyaviy xarajatlarning maqsadli sarflanishi hamda xorijiy loyihalar va grantlarda ajratilgan o‘rinlarga o‘qituvchi, stajyor, doktorant, magistratura va bakalavriat talabalarining ishtirokini qo‘llab-quvvatlash va ularning xorijiy safarlarini tashkil etish;
-Filialda qisqa va uzoq muddatli faoliyat olib borayatgan xorijiy professor-o‘qituvchilar va ta’lim olayatgan xorijiy fuqoralarining o‘qishi va yashash bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish.
XALQARO HAMKOR TASHKILOTLAR
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali xorijiy davlatlarning 5ta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik Memorandumlari va Shartnomalarini imzolagan. Shundan ikkitasi dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan universitetlar mingtaligida qayd etilgan.
Rossiya Federatsiyasi:
Z.Ismagilov nomidagi Ufa davlat san’at instituti
D.Xvorostovskiy nomidagi Sibir davlat san’at instituti
Qozog‘iston Respublikasi:
M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti
M.Dulati nomidagi Taraz davlat universiteti X.A.Yassawiy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti
![]()