
Yoshlar orasida ruhiy yetuklikni targ‘ib qilish, yoshlarning ong-u shuurida nekbinlik uyg‘otish maqsadida O’zDSMI Nukus filiali psixologi A.Yusupova tomonidan filialning talaba yoshlari ishtirokida “Yashash uchun 10001 ta sabab” aksiyasini tashkil etdilar. mazkur aksiya talaba-yoshlarda hayotga bo‘lgan muhabbat hissini oshirish, yoshlikning qadriga yetish, har bir tinch va osuda kun uchun shukronalikni his qilish, o‘z oldiga qat’iy va to‘g‘ri maqsad qo‘ya bilish singari ko‘plab ezgu maqsadlarni o‘zida mujassam etgan.

Yoshlar orasida jinoyatchilik, axloqsizlik, hudkushlik singari nihoyatda og‘ir holatlar uchramasligi uchun ular avvalo munosib yashashning shartlarini anglab olishlari zarur. Aksiyaning asosiy qoidasiga ko‘ra har bir o‘quvchi munosib yashash uchun ko‘plab sabablar keltirishi, o‘zi va atrofdagilarga ezgulik ulashishi lozim edi. Bir-birlariga quvonch hadya etish baxtini yurakdan his qilgan o‘quvchilarning dunyoqarashi va ichki olami nihoyatda teran va beg‘ubor ekanligini sezdik.Stendga o’zlarinig fikrlari bayon etilgan stikerlarda izohlar qoldirdi.

O’zDSMI Nukus filiali psixologi: A.Yusupova.
![]()